Naruto muxlislari uchun Realme'dan maxsus smartfon

Naruto muxlislari uchun Realme'dan maxsus smartfon

Realme o'zining yangi taqdim qilayotgan qurilmalari bilan anime muxlislarini o'ziga jalb qilishga harakat qilmoqda. Kompaniya o'tgan yili o'zining GT Neo 2 smartfonini Dragon Ball Z anime serialiga asoslangan cheklangan miqdordagi maxsus nashrini chiqargan edi, bu yil esa u yana bir taniqli anime franshizasi bilan hamkorlik qilmoqda. Realme GT Neo 3 Naruto nashri Xitoyda taqdim qilindi.

Maxsus nashrdagi smartfonning texnik xususiyatlari 150W zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydigan GT Neo 3 varianti bilan bir xil. Dimensity 8100 chipseti, Android 12 ga asoslangan Realme UI 3.0, 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotira, 4,500 mAh batareya, orqa asosiy kamerasi 50MP, selfi kamerasi esa 16MP. Asosiy e'tibor qurilmaning tashqi ko'rinishi va qadoqlanishiga qaratilgan.

Telefon orqa paneli asosan qora element bilan aralashtirilgan apelsin rangga ega, kamera qismi esa metalldan yasalgan bo'lib, u Narutoning bosh tasmasidan ilhomlanib dizaynlangan. Smartfon qadoqlanishi ham umuman o'zgacha. Anime serialdagidek aylana shaklidagi to'q qizil maxsus sumka smartfon, Naruto surati tushirilgan keys, Naruto dizaynidagi SIM karta chiqaruvchisi, 150W quvvatlagich adapteri va kabeli, shu bilan birga 10,000 mAh batareya sig'imiga ega poverbankni o'z ichiga oladi. Shuningdek, smartfon ichkarida Naruto fon suratlari, ikonkalari, ovozlari va maxsus quvvatlash animatsiyalariga ega.

Realme GT Neo 3 Naruto Edition smartfoni 31-maydan boshlab $415 narxda Xitoy bozolarida sotuvga chiqariladi.

O'QING: Redmi Note 11T Astro Boy nashri

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!