O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  5415
  •  03.09.2020 15:42

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

AnTuTu jamoasi o‘rta narx toifasidagi Android-smartfonlarning samaradorlik reytingini e’lon qildi. Eng kuchli flagmanlar ro‘yxatida bo‘lgani kabi, ushbu hamyonbop modellar reytingini tuzishda ham xitoylik foydalanuvchilarning tekshiruvlariga asoslanishgan.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Birinchi va ikkinchi o‘rinni Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendiga mansub Redmi 10X hamda Redmi 10X Pro 5G flagmanlari band etgan. MediaTek Dimensity 820 protsessorli ushbu smartfonlar tegishlicha 396 887 hamda 396 001 ball olgan. Uchinchi o‘rinni esa Kirin 985 chipseti bazasidagi Honor 30 modeli 391 930 ball bilan egallab turibdi.

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchli o‘nlikda qolgan pog‘onalarni tegishlicha Huawei Nova 7, Huawei Nova 7 Pro, Honor X10, Honor 30S, Huawei Nova 7 SE, Redmi K30 5G Speed Edition hamda Oppo Reno 4 5G smartfonlari band etishgan. Bularning barchasi Kirin 985/820 hamda Snapdragon 768G/765G protsessorli modellardir.

E’tibor bergan bo‘lsangiz kerak: avgustdagi xitoycha reytingda eng ko‘p – naq oltita o‘rinni Huawei hamda uning Honor brendi vakillari zabt etgan. g‘oliblik shohsupasi va umuman uchta pog‘ona Redmi brendiga nasib etgan bo‘lsa, Oppo kompaniyasining yagona vakili ro‘yxatni yakunlab turibdi. Qizig‘i – iyul oyidagi reyting g‘olibi bo‘lmish Reno 3 5G modeli bu gal kuchli o‘ntalikka ham kira olmagan!

O‘QING: Flagman protsessorlar jangi: Dimensity 1000+ deyarli barcha benchmarklarda Kirin 990 5G’ni mahv etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!