O‘rta narxli smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

  •   DiMaX
  •  1773
  •  03.06.2020 09:02

O‘rta narxli smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu servisi o‘rta narx toifasidagi eng kuchli Android-smartfonlarning may oyi reytingini e’lon qildi. Eng kuchli flagmanlar reytingidagi kabi, bunda ham faqat Xitoydagi foydalanuvchilarning tekshiruvlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

O‘QING: Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

May oyidagi eng baquvvat flagmanlar TOP-o‘ntaligida faqat Snapdragon 865 protsessorli modellar bo‘lsa, hamyonbop smartfonlarning eng kuchlilari Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kompaniyalarining turli chipsetlariga tayangan.

O‘tgan oydagi reyting yetakchisi, ya’ni Oppo o‘tgan yilning so‘ngida taqdim etgan smartfon – Reno 3 yana o‘z o‘rnini hech kimga bermagan. MediaTek Dimensity 1000 chipsetining Dimensity 1000L modifikatsiyasi bazasida ishlovchi bu gadjet 403 607 ball bilan birinchi bo‘lib turibdi.

Uning ortidan Kirin 985 protsessorli Honor 30 modeli kelyapti – 387 583 ball. Kuchli uchlikni 385 323 ball bilan Huawei’ning xuddi shu chipsetiga ega yana bir vakili – Nova 7 yakunlagan.

To‘rtinchidan oltinchi pog‘onagacha bo‘lgan o‘rinlarni ham xitoylik texnogigantning vakillari band etgan – bular Honor 30S, Honor X10 hamda Huawei Nova 7 SE bo‘ladi. Keyingi o‘rinlar esa tegishlicha Oppo Reno 3 Pro 5G, Vivo S6 5G, Vivo X30 5G hamda Redmi K30 5G smartfonlariga tekkan.

Demak, o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligiga Huawei’ning naq beshta, Oppo hamda Vivo’ning ikkitadan, Xiaomi’ning esa bittagina modeli kirgan.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.