O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  4477
  •  07.09.2020 11:24

O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Yaqindagina biz AnTuTu benchmarkining avgust holatiga ko‘ra kuchli flagmanlar ro‘yxatini, shuningdek, o‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon reytingini chiqargan edik. Endi esa mazkur servis jamoasi ommabop Android-smartfonlarning o‘z egalarini qoniqtirishi bo‘yicha reytingni e’lon qildi.

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

AnTuTu’ning yangi reytingida Samsung korporatsiyasining Galaxy S20 Ultra 5G flagmani g‘olib bo‘lgan – ushbu modeldagi qurilmalarni ishlatayotganlarning 98,64% qismi o‘z telefonidan rozi. Ikkinchi o‘rindagi Meizu 17 Pro natijalari ham unikiga juda yaqin – 98,56%. Kuchli uchlikni 97,91% natija bilan Honor 30 Pro+ flagmani yakunlayapti.

Kuchli beshtalikka yana Meizu 17 hamda Huawei Mate 30 5G ham kirgan:

Qizig‘i shundaki, Xiaomi o‘zining o‘n yilligiga bag‘ishlab taqdim etgan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra (Xitoy bozorida – Mi 10 Extreme Commemorative Edition) modeli bu reytingda atigi oltinchi o‘rinnigina ola bilgan!

Egalarini qoniqtirgan smartfonlar top-o‘ntaligiga yana Huawei Nova 6, Honor Magic 2, Vivo X50 Pro+ hamda Samsung Galaxy S20+ 5G (Snapdragon 865 chipli) ham kirgan.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 10 smartfon (2020 yilning 1-yarmi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!