Qarshi oling: Redmi 9 Prime ham namoyish qilindi! Lekin...

  •   DiMaX
  •  4080
  •  04.08.2020 15:51

Qarshi oling: Redmi 9 Prime ham namoyish qilindi! Lekin...

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi, o‘zi va’da qilganidek, bugun Hindistonda onlayn tadbir o‘tkazdi. Redmi 9 Prime nomini olgan qurilma unchalik ham yangi model emas ekan.

O‘QING: Shu haftadayoq taqdim etilayotgan Redmi K30 Ultra jihatlari va «jonli» suratlari TENAA’ga chiqdi

Redmi 9 Prime aslida 10 iyun kuni Ispaniyada rasman taqdim etilgan global talqindagi Redmi 9 smartfonining Hindiston bozoriga mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib chiqdi.

To‘g‘ri, bu ikki modelning o‘zaro farqlari bor, lekin o‘ta kam:

  1. Redmi 9 Prime smartfoni yangi rangdagi korpusda ham chiqarilgan;
  2. Uning bazaviy varianti 4/64 GBlik tezkor/ichki xotiraga ega (Redmi 9 modelida – 3/32 GB);
  3. Redmi 9 Prime modeli NFC chipidan mahrum etilgan.

Yangi smartfonning qolgan barcha jihatlari u global Redmi 9 bilan bir xil.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Redmi 9 Prime texnik xususiyatlarini qisqacha sanab o‘tadigan bo‘lsak, bu – diagonaliga 6,53 dyuymlik, rezolyusiyasi Full HD+ formatidagi IPS-ekranga ega smartfondir. Uning «elektron yuragi» siftida MediaTek Helio G80 xizmat qiladi, uni tezkor/doimiy xotirasiga ko‘ra 4/64 va 4/128 gigabaytlik variantlarida chiqarishyapti.

Smartfonning akkumulyatori 5020 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin qadoqdagi jamlanmaga 10 vattlik quvvatlagich kiritilgan. Devaysni standart audiotirqish, zamonaviy USB Type-C porti hamda infraqizil port bilan ham ta’minlashgan.

Redmi 9 Prime afzalliklaridan biri – uchtalik slotga bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-karta bilan xotira kartasini ham qo‘yib ishlatsa bo‘ladi. Uning kvadrokamerasi 13, 8, 5 va 2 megapiksellik datchiklardan iborat, selfilar uchun esa ekran tirqishiga 8 megapiksellik old kamera joylangan. 

Korpus o‘lchamlari 163,3x77x9,1 millimetrga, vazni esa 198 grammga teng bo‘lgan Redmi 9 Prime uchun ichki xotira hajmiga qarab 133 va 160 dollarga teng narx belgilangan.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!