Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

  •   DiMaX
  •  2237
  •  24.11.2020 17:34

Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Esingizda bo‘lsa kerak, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Apple ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan. Lekin ko‘p o‘tmay...

O‘QING: Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

Raqobatchilar-ku, mayli, ayfonlarni masxara qilishga hatto o‘yinsozlar ham qo‘shilishganiga nima deysiz? Twitter tarmog‘ida turbojedi nikli foydalanuvchining yozishicha, u Call of Duty: Warzone o‘yinida iPhone’ga shama qiluvchi «haqiqatga maksimal darajada yaqin surat»ga duch kelgan.

Ushbu o‘yin lokatsiyalaridan birida reklama posteri aks etgan va undagi smartfonlar iPhone’larga juda o‘xshash. Bundan tashqari, plakatda gadjetning ekrani diagonaliga 5,4 dyuymlik ekanligi yozilgan; iPhone 12 mini displeyi aynan shunday!

Bundan tashqari, o‘yinda smartfonlarning «ishlab chiqaruvchisi» undagi 24 megapiksellik kamerada f/1.2 diafragmali panoramali ob’yektiv, zamonaviy optika, soniyasiga 480 kadrlik tezlikda 6K-video suratga olish imkonini taklif etadi.

O‘QING: Huawei flagmanidan olganlarga iPhone 12 sovg‘a qilishyapti!

Lekin eng qizig‘i mayda shrift bilan yozilgan: «Quvvatlash uskunalari alohida sotiladi. Dasturiy ta’minot 2021 yil oxirida taqdim etiladi. Batareyaning xizmat qilish muddati foydalanishga va konfiguratsiyaga bog‘liq».

Ko‘rinib turibdiki, Call of Duty: Warzone o‘yini dasturchilari bu bilan yangi ayfonlarning qadoq jamlanmasida zaryadchik yo‘qligi va boshqa jihatlarini kalaka qilishgan.

O‘QING: Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!