RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

  •   DiMaX
  •  1796
  •  04.06.2019 09:24

RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

Xiaomi kompaniyasi hamyonbop smartfonlar chiqaruvchi brendining Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro flagmanlari taqdimotidan avval ham jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otgan edi. Bulardan ikkinchisi Xitoyning o‘zida allaqachon rekord o‘rnatgan, endi esa ular boshqa nom ostida global bozorga yurish boshlamoqda.

O‘QING: «Katta iblis»ning global talqini – Xiaomi Mi 9T ilk «jonli» suratlarda!

Xiaomi kompaniyasi Twitter tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Mi 9T hamda Mi 9T Pro taqdimot kunini e’lon qildi. Tizerga ko‘ra, ushbu smartfonlarni 12 iyunda namoyish etishadi.

Garchi bular – Redmi K20 va Redmi K20 Pro smartfonlarining global versiyasi bo‘lsa-da, dizaynida ulardan ozroq farqlanishi mumkin. Chunki Mi 9T va Mi 9T Pro modellarining «jonli» rasmlarda ularning orqa tomoni hozirgacha ko‘rsatilmagan. Avvalroq chiqqan bir ma’lumotga ko‘ra esa...

O‘QING: Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Biroq Mi 9T va Mi 9T Pro smartfonlari Redmi K20 va Redmi K20 Pro klonlari bo‘lsa-da, ularning xotira variantlarida va narxlarida ham farqlar bor ekan. Hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan suratlar shundan dalolat bermoqda:

Ko‘rib turganingizdek, Redmi K20 tezkor va doimiy xotira hajmiga qarab naq to‘qqiz xil variantda taklif etiladi. Xiaomi Mi 9T modeli esa faqat bir xil – tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik talqinda chiqariladi:

Bundan tashqari, global smartfon Xiaomi brendiga mansubligi uchunmi, o‘zining Redmi turkumidagi klonidan naq 30 dollarga qimmat ekan!

Bularning bariga hali keyingi haftada (balki undan ham oldinroq) aniqlik kiritiladi, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatib boring. Allaqachon sotuvga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi old kamerasi ekran ostiga yashirilgan dunyodagi ilk smartfonni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!