Realme eng kutilayotgan – «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfonining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi

  •   DiMaX
  •  991
  •  21.05.2020 17:50

Realme eng kutilayotgan – «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfonining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi

25 may kuni Oppo korporatsiyasining RealMe brendi birdaniga sakkizta devays taqdim etayotgani haqida yozgandik. Ular orasida Realme Watch, Realme TV, poverbank, simsiz quloqchin hamda smartfon bor.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Realme ushbu yangi smartfonini Blade Runner («Tig‘ uzra yuguruvchi») kodli nomi ostida tayyorlayotgani ma’lum edi, endi uning bozorga Realme X50 Pro Player Edition nomi ostida chiqarilishi ham aniq bo‘ldi. Anglaganingizdek, u fevralda chiqqan flagman – Realme X50 Pro 5G modelining geymerlarga mo‘ljallangan versiyasi bo‘ladi. Allaqachon sotilayotgan standart flagman esa AnTuTu benchmarkining apreldagi reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan.

Realme X50 Pro Player Edition smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, kompaniya uning ba’zi jihatlarini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfon diagonaliga 6,44 dyuymlik Super AMOLED displeyga ega.

Uning tasvir aniqligi FHD+ formatida, yangilanish chastotasi ham original modeldagi kabi 90 gerslik. Faqat o‘yinbop smartfonda ekranning sensor qatlami yangilanishi 180 gersga oshirilgan – geymerlar uchun bu juda muhim. Bundan tashqari, Realme ta’kidlashicha, smartfonning dasturiy ta’minoti ham displeyning tezkorlik bilan reaksiya berishiga moslab qayta ishlab chiqilgan.

O‘QING: AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Shuningdek, multimediyali kontent ishqibozlari uchun Realme X50 Pro Player Edition modeli displeyida HDR10+ dinamik diapazoni hamda P3 rang makonining 100 foizlik qamrovi ham joriy etilgan. Aytish kerakki, «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfoni ekranida yorqinlik 1100 kd/m2 birlikkacha oshirilgan.

Realme X50 Pro Player Edition geymerofoni Snapdragon 865 protsessoriga, eng yangi va tezkor – UFS 3.1 turidagi ichki va LPDDR5 toifali tezkor xotiraga ega bo‘lishi, ilg‘or sovitish tizimi bilan ta’minlanishi ham kutilmoqda.

O‘QING: Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.