Redmi 10C smartfoni taqdim etildi

Redmi 10C smartfoni taqdim etildi

Bir necha kun oldin Xiaomi kompaniyasi Redmi 10 seriyasini yana bitta smartfon bilan boyitdi. Ushbu smartfon texnik ko‘rsatkichlar jihatidan Redmi 10 modeliga o‘xshaydi. Birgina farq Redmi 10C modeliga kattaroq displey va Helio G88 chipi o‘rniga Snapdragon 680 chipi o‘rnatilgan. 

Qurilma HD+ rezolyusiyadagi 6.7 dyuymli IPS LCD displeyi bilan jihozlangan. Displeyning yuqori qismidan 5MP tomchisimon selfi kamera o‘rin olgan. Orqa panelda 50MP asosiy kamera va 2MP sath kamera joylashgan. Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlovchi qurilma 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

Smartfonning 4/64GB, 4/128GB xotiraga ega turlari mavjud. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Quloqchinlarni ulash uchun 3.5 mm audio jek ham bor. 

Redmi 10C modeli Graphite Grey, Mint Green va Ocean Blue ranglarda taqdim etildi. Smartfonning narxi va qachon sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!