Redmi K30 Ultra allaqachon ishlab chiqarila boshladi

  •   DiMaX
  •  909
  •  17.07.2020 09:53

Redmi K30 Ultra allaqachon ishlab chiqarila boshladi

15 iyuldagi onlayn tadbirida Xiaomi uchta eng arzonRedmi 9, Redmi 9C hamda Redmi 9A smartfonlarining global versiyalarini taqdim qilgan. Kompaniya endi arzonchi brendning Redmi K30 turkumida yana bitta, kuchli flagman tayyorlagan.

O‘QING: Redmi K30 Ultra ham tayyor: Xiaomi prezidenti uni o‘g‘rincha suratga olib ko‘rsatdi!

Redmi K30 Ultra nomi ostida chiqishi kutilayotgan bu smartfon MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 Plus rusumli flagman protsessoriga tayanadi. Digital Chat Station niki bilan tanilgan insayder esa bu modelga oid yangi ma’lumotlarni Twitter orqali e’lon qildi.

Tarmoq informatorining yozishicha, joriy oyning boshidayoq u tayyor bo‘lgan Redmi K30 Ultra bilan tanishgan. Hozir esa «Xitoycha Apple» uni ikkita – Shenzhen Zhuoyi hamda Langfang Foxconn zavodlarida ommaviy ishlab chiqarishni boshlagan. Demk, yangi modelning taqdimoti keyingi ikki hafta ichidayoq bo‘lib o‘tishi mumkin.

O‘QING: «Redmi K40 Pro’ga nimalar qo‘shaylik?» deya kompaniya bosh direktori so‘rayapti

Redmi K30 Ultra modelining bosh kamerasida 64 megapiksellik asosiy modul qo‘llanishini, old kamerasi esa korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan mexanizmga joylanishini aytishmoqda. Xiaomi uni 4500 mA/soatlik akkumulyator hamda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik ekran bilan ta’minlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Editionmodellari sotuvga chiqqan.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!