«Redmi K40 Pro’ga nimalar qo‘shaylik?» deya kompaniya bosh direktori so‘rayapti

  •   DiMaX
  •  1500
  •  03.07.2020 13:23

«Redmi K40 Pro’ga nimalar qo‘shaylik?» deya kompaniya bosh direktori so‘rayapti

Xiaomi arzonchi subbrendining «Killer» turkumidagi navbatdagi smartfoni – Redmi K40 haqida ilk ma’lumotlar va surati apreldayoq chiqqan edi. Ushbu model yaqinda Xitoyning ikkita tashkiloti sertifikatini olganligi esa uning tayyor bo‘lganini anglatadi.

O‘QING: Redmi flagman chipga va 120 gerslik OLED-displeyga ega kuchli smartfon tayyorladi

Redmi K40 hali rasman taqdim etilmay turib, «Xitoycha Apple» allaqachon uning Pro-versiyasini ham tayyorlashga kirishgan. Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi postida bergan savoli shundan dalolatdir. Ley Szyun unda Xiaomi muxlislariga murojat etib, Redmi K30 Pro modelida mavjud bo‘lmagan qaysi jihatlarni ular yangi smartfonda ko‘rishni istashlarini so‘ragan.

Aytish kerakki, Redmi K30 Pro flagmanining asosiy afzalliklari romsiz ekran va avtonomlik, ya’ni batareya quvvatining uzoq vaqtga yetishidir. Kompaniya unda kadr yangilanish chastotasi 60 gerslik displey qo‘llagan, zero, 90 gerslik ekrandan ko‘ra smartfonning avtonomligi muhimroq, deb hisoblagan.

Lekin xitoylik fanatlar boshqacharoq fikrda ekanlar: korporatsiya bosh direktorining savol-postiga berilayotgan javoblar orasida eng ko‘pchiligi – displeyda kadr yangilanishi chastotasi yuqori bo‘lishi, keyingi o‘rinda esa smartfonning ikkita stereodinamikli bo‘lishi haqidadir.

Keyingi yillarda Xiaomi hamda uning Redmi brendi shu kabi so‘rovlar o‘tkazib, muxlislarining fikrlariga quloq solib keladi. Shunday ekan, navbatdagi flagman 90 yoki hatto 120 gerslik ekranga ega bo‘lishi hamda bozorga Redmi K40 Pro nomi ostida chiqishi ehtimoli yuqori. Zero, nisbatan qimmat turkumdagi Xiaomi Mi 10 flagmanlarida bu xususiyatlar mavjud, ularning davomchisi esa hali-veri chiqmaydi.

Darvoqe, eng qudratli hamyonbop smartfonlarning iyun oyi reytingida Redmi’ning yangi flagmani birinchi o‘rinni olganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi