Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

  •   DiMaX
  •  7229
  •  06.11.2019 17:28

Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

«Xitoycha Apple» avvalroq taqdim etgan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro smartfonlari Terashop.uz internet-do‘konimizda ham sotilmoqda. Ushbu turkumdagi yana bir – Redmi Note 8T modeli esa rasmiy namoyishdan avval sotuvga chiqib ulgurgan.

O‘QING: Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

Kutilganidek, bugun – 6 noyabr kuni korporatsiya o‘zining Redmi Note 8T modelini rasman taqdim qildi. Xiaomi uni o‘rta toifali smartfonlarning «yulduz»i deya tavsiflamoqda.

Mana, uning asosiy xususiyatlari:

Umuman olganda, bu model Xiaomi Redmi Note 8 smartfonining yangilangan variatsiyasidir. Unga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun NFC chipi qo‘shilgan. Shuningdek, akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega. Tashqi ko‘rinishidagi farqlarini bo‘lsa mana bu maqolamizdagi videoda ko‘rganingiz ma’qul.

O‘QING: Xiaomi’ning yana uchta smartfoni barqaror MIUI 11’gacha yangilanmoqda

Xiaomi Redmi Note 8T uch xil gradiyent tusdagi korpuslarda ishlab chiqariladi – ko‘k, oq va to‘q kul rang.

Yangi qurilma tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik konfiguratsiyada, 199 yevro narxida taklif etiladi. Ispaniya va Italiyada uni 8 noyabrdan, Fransiyada 13 noyabrdan, Germaniyada esa 15 noyabrdan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Keyinroq Xiaomi Redmi Note 8T boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqariladi.

O‘QING: Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

Korporatsiya yangi modelining xususiyatlarini Yevropada ham muvaffaqiyatli sotilayotgan mashhur «yong‘oqchaqar»Redmi Note 7 smartfoni (sotib olish) bilan taqqoslab ko‘rsatgan:

Redmi Note 8T modelining O‘zbekiston bozoriga qachon kirib kelishi hozircha noma’lum. Xiaomi kompaniyasining allaqachon global sotuvga chiqqan aksariyat smartfonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!