Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ishlovchi xakerlar AQShning o‘ttizdan oshiq kompaniyasiga hujum qilishdi

  •   DiMaX
  •  1076
  •  27.06.2020 15:54

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga ishlovchi xakerlar AQShning o‘ttizdan oshiq kompaniyasiga hujum qilishdi

Rossiya fuqarosi rahbarlik qilayotgan Evil Corp. nomli xakerlar guruhi AQShning bir qator tashkilotlariga kiberhujum uyushtirgan. Bu haqda kompyuter xavfsizligi yo‘nalishidagi Symantec kompaniyasi xabar bermoqda.

O‘QING: Milliy xavfsizlik agentligi vakili AQShning to‘rtta mamlakat xakerlaridan qo‘rqishini aytdi, bular...

Xakerlar bunda WastedLocker nomli ziyonkor dasturiy ta’minotdan foydalanishgan. Symantec fikricha, hujumdan maqsad ko‘plab kompyuterlar va serverlarni shifrlab tashlash yo‘li bilan axborot-texnika infratuzilmasiga maksimal zarar yetkazish bo‘lgan.

«WastedLocker – zararli dasturlar orasida nisbatan yangi tur hisoblanadi, – deyiladi Symantec xabarida. – Bu ziyonkor dasturning mashhur Evil Corp. xakerlar to‘dasi bilan bog‘liqligi bor».

AQShning 31 ta tashkilotiga xakerlik hujumi uyushtirilganligi aniqlangan, ammo kiberjinoyatchilar hamlasidan zarar ko‘rganlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

2019 yilning dekabrida AQSh Adliya vazirligi e’lon qilishicha, Evil Corp. xakerlar guruhiga rossiyalik Maksim Yakubets boshchilik qiladi. U bank hisoblaridan 220 million dollar o‘g‘irlash uchun ziyonkor dasturiy ta’minot tarqatishda ayblangan.

AQSh Moliya vazirligi ta’kidlashicha, 2017 yil holatiga ko‘ra bu kishi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ishlagan. 2018 yilning aprelida Yakubets ushbu tashkilotdan maxfiy hujjatlar bilan ishlash ruxsatini olish jarayonida bo‘lgan.

Shuningdek, AQSh Davlat departamenti uni qo‘lga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 5 million dollarlik mukofot e’lon qilgan.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?