Rossiyada allaqachon Galaxy A52 hamda Galaxy A72’ga buyurtma berish mumkin – aniq narxlar!

  •   DiMaX
  •  3127
  •  16.03.2021 12:33

Rossiyada allaqachon Galaxy A52 hamda Galaxy A72’ga buyurtma berish mumkin – aniq narxlar!

Samsung yaqindagina navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi, uning asosiy qahramonlari Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlari bo‘ladi. Bulardan birinchisining anboksing videosini o‘tgan haftadayoq chiqarganmiz, ikkinchisining shunday «jonli» videosini esa kecha e’lon qildik. Yana allaqachon...

O‘QING: Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

Bu orada allaqachon Rossiyadagi onlayn-magazinlar kataloglarida ushbu ikkala smartfon ham paydo bo‘ldi. Masalan, Quke do‘konida ularning narxlari ham, barcha texnik xususiyatlari ham aniq ko‘rsatilgan.

Mana bu havola orqali o‘tib, Samsung Galaxy A72 smartfoni assortimenti bilan tanishish va oldingan buyurtma berish mumkin – xaridorlarga ular 19 martdan yetkazib berila boshlaydi.

O‘QING: Galaxy A52 4G hamda A52 5G: narxlari, farqlari va umumiy jihatlari

Samsung Galaxy A52 bilan batafsil tanishish hamda buyurtma berish uchun ushbu havola orqali o‘tiladi. Demak, hozir ushbu mamlakatda bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifalarga o‘tib, buyurtma bersalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda Rossiyada bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

Quke onlayn do‘koni har ikkala smartfonni quyidagi narxlarda sotyapti:

  • Galaxy A52, 128 GBlik (qora, ko‘k, och binafsha rang) – 25 990 rubl (taxminan 356 dollar);
  • Galaxy A52, 256 GBlik (qora, ko‘k, och binafsha rang) – 28 990 rubl (taxminan 398 dollar);
  • Galaxy A72, 128 GBlik (qora, ko‘k, och binafsha rang) – 35 990 rubl (taxminan 494 dollar);
  • Galaxy A72, 256 GBlik (qora, ko‘k, och binafsha rang) – 38 990 rubl (taxminan 535 dollar).

Ta’kidlash kerakki, Rossiyada bu ikkala smartfonning hozircha faqat 4G-versiyalari (tegishlicha Galaxy A52 4G hamda Galaxy A72 4G) sotuvga chiqishi aniq bo‘lgan. Yevropa bozoriga bu qurilmalar 5G-versiyada yetkazib beriladi.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!