Samsung chetga chiqib turishi kerak: Huawei dunyo bozorida birinchi bo‘lmoqchi

  •   Saroy
  •  1204
  •  06.08.2018 10:53

Samsung chetga chiqib turishi kerak: Huawei dunyo bozorida birinchi bo‘lmoqchi

Huawei kompaniyasi  Apple’ni quvib o‘tgandandan keyin poygada tezlikni oshirishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada kuchayib ketdi, chamasi.  Endi kompaniya smartfonlar bozorida yagona liderga aylanmoqchi. Darvoqe, kompaniya  avval liderlikni egallash 3-4 yilda amalga oshadi degan bo‘lsa, endi bu muddat uzoq emas deyishmoqda. Ular ko‘zlangan marraga bir yilda ham yetsa bo‘ladi, deb bayonot berdi.

Huawei kompaniyasining iste’mol bozori bilan ishlaydigan bo‘limi rahbari Richard Yu fikr bildirishicha,  Huawei Samsung’ni  2021 yilda emas, balki hademay, ya’ni kelasi yil oxirigacha quvib o‘tadi.  «2019 yilda  biz ikkinchi, hatto  birinchi raqamli kompaniyaga ham aylanishga ishonchimiz komil”, deya ta’kidladi Richard Yu.

O‘QING:2018 yil, avgust: Xitoyda «bestseller» smartfon aniqlandi

Ammo kompaniya ko‘zlayotgan marrasiga tish oson emas. Buning bir nechta sababi bor!

Birinchidan,   Apple ustidan qozonilgan g‘alaba barqaror bo‘lmasligi mumkin. Eslatib o‘tamiz, kompaniya smartfonlar sotuvida oldinga chiqib olgani faqat joriy yilning ikkinchi choragida yuz berdi.  2017 yil yozda ham Huawei  smartfonlar savdosi bo‘yicha  dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib olgandi. Ammo  yangi avlod iPhone’ning taqdimotidan keyin ikkinchi o‘rinni yana egasiga qaytarib berishga majbur bo‘lgandi. Hozirgi vaziyatda ham shunday bo‘lishi mumkin, chunki “olmachi”lar bu yil smartfonning bir yo‘la uchta modelini  bozorga shaylab turibdi

Ikkinchidan, Samsung’ni quvib o‘tish ham  Huawei  o‘ylagandek oson emas. Chunki ikkinchi choraklikda kareyslar 71.5 million dona smartfon sotgan bo‘lsa, Huawei — 54.2 millionta.  Ammo  Samsung savdosi tobora pasayib, Huawei kompaniyasi yuksalib borayotganini ham nazardan qochirmaslik kerak. Yana bir ma’lumot: bu yil  Huawei  200 millionta samartfon sotishni mo‘ljallab turibdi.

O‘QING:Taxlama ekranli smartfon: Huawei birinchi bo‘lmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!