«Sharshara ekran»li Xiaomi Mi Mix 4 birinchi «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  1733
  •  18.10.2019 10:28

«Sharshara ekran»li Xiaomi Mi Mix 4 birinchi «jonli» suratda!

«Xitoycha Apple» o‘zining alohida turkumidagi Xiaomi Mi Mix Alpha konseptual 5G-smartfonini taqdim etgan. Garchi rasman savdosi boshlanmagan bo‘lsa-da, korpusi salkam butunlay ekrandan iborat bo‘lgan ushbu devaysni allaqachon naq 140 ming dollardan taklif qilishyapti ham.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Endi esa Xiaomi navbat bo‘yicha seriyali tarzda Mi Mix 4 smartfoni chiqarishi kutilmoqda. Biz avvalroq, hali Mi Mix Alpha ham namoyish etilmasidan avval ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan Mi Mix 4 videosini e’lon qilganmiz.

Endi esa insayderlar Xiaomi Mi Mix 4 modelining yoqiq displeyi ko‘rsatilgan «jonli» rasmini e’lon qilishdi. To‘liq oshkor etmasdan, qiziqishni saqlab turish maqsadida suratni ataylab xiralashtirishgan, bir qismini kvadratchalar bilan yashirishgan. Shunga qaramay, ushbu smartfon «sharshara ekran»ga ega ekani va unda old kamera uchun kemtik yoki tirqish yo‘qligini payqash qiyin emas.

Ehtimol, Mi Mix 4 selfi-kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘lar, balki Xiaomi uni ekran ostiga yashira olgandir – buni hali vaqt ko‘rsatadi.

Keyingi xabarlarga ko‘ra, korporatsiya bu gadjetining namoyish vaqtini kechiktirgan va uni kelasi yil fevralda ko‘rsatadi. Allaqachon global savdoga chiqqan turli Xiaomi telefonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Hali yaqindagina namoyish qilingan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!