Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

  •   DiMaX
  •  502
  •  29.05.2021 14:56

Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 888 rusumli flagman chipseti Xiaomi Mi 11 turkumida debyut qilgan edi. Amerikalik chipsoz e’lon qilib ham ulgurmagan Snapdragon 888 Pro protsessori bazasidagi smartfonni esa Xiaomi’dan ham oldin Honor chiqarishini aytib maqtangan.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli va 144Hz AMOLED-ekranli AnTuTu «qiroli» bor-yo‘g‘i 470 dollarga baholandi!

Kuni kecha Geekebench servisida Qualcomm’ning noma’lum protsessori «qo‘lga tushdi». Bu – hozirgi flagman bo‘lmish Snapdragon 888 chipsetining yaxshilangan versiyasi bo‘lib, benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar uning aynan nimasi kuchaytirilganini fosh etgan.

Protsessorning kodli nomi Qualcomm Lahaina bo‘lib, bu so‘z Snapdragon 888 chipseti bilan bog‘liq. Ammo uning xususiyatlari platformaning Pro-versiyasiga ishora qilmoqda.

Jurnalistlarning yozishlaricha, yangi protsessorda asosiy yadro – Cortex-X1 takt chastotasini 2,84 gigagersdan 3,0 gigagersgacha ko‘tarishgan. Chipsetning qolgan yettita yadrosi xuddi Snapdragon 888 modelidagi kabi – ishlash chastotasi o‘zgarmagan.

Ta’kidlash kerakki, chipsetni shu tariqa kuchaytirib yangi talqinda chiqarish Qualcomm faoliyatida avval ham kuzatilgan. Ya’ni, 2020 yil yozda taqdim etilgan protsessor – Snapdragon 865 Plus modeli ham Snapdragon 865 platformasidan shunaqa farq qilgan edi.

Snapdragon 888 Pro namoyishi joriy yilda bo‘lib o‘tadi va u aksariyat smartfonsozlarning flagman modellarida qo‘llanadi.

O‘QING: Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!