Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

  •   DiMaX
  •  1824
  •  04.01.2021 16:13

Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

O‘tgan yilning 1 dekabr kuni Qualcomm kompaniyasi kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan flagman chipsetini taqdim etgan edi. Lu Veybing (Lu Weibing) esa, uning bazasidagi ilk smartfonlardan birini Redmi brendi namoyish etishini aytgan.

O‘QING: Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Endi esa insayderlar ma’lumotlari asosida Redmi K40 Pro modelining ilk sifatli render suratini tayyorlab e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, flagmanning bosh kamerasi uchta datchikni o‘z ichiga oladi va yangicha dizaynga ega.

Bosh kameradagi asosiy sensor esa 108 megapiksellik aniqlikka ega – bunaqalari allaqachon Xiaomi kompaniyasining hamda Redmi brendining flagman va subflagman modellari uchun standartga aylanib ulgurdi.

Avvalroq biz Xiaomi Redmi K40 smartfonining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilgan edik. Yaqinda MIUI 12 kodlarini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar unda Qualcomm Snapdragon SM7350 protsessori bazasida ishlovchi smartfonga ishoralar borligini aniqlashdi. Demak, bu – o‘sha Redmi K40 modeli bo‘lib, faqat uning Pro-versiyasidagina Snapdragon 888 chipseti qo‘llanadi. Ularning ikkalasi ham shu yanvar oyidayoq, Redmi an’analariga ko‘ra arzon narxlarda taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: «Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!