«Sun’iy ong»li Lenovo S5 – ilg‘or texnologiyalarga ega yangi smartfon

  •   DiMaX
  •  1217
  •  13.03.2018 18:06

«Sun’iy ong»li Lenovo S5 – ilg‘or texnologiyalarga ega yangi smartfon

Lenovo kompaniyasi o‘zining yangi – S5 rusumli smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, bu qurilma Xiaomi Redmi Note 5 modelining «kushandasi» sifatida maydonga tushadi.

O‘QING: «Qayta tug‘ilgan» Motorola RAZR V3 buklama ekranli bo‘ladi!

Lenovo S5 smartfoni haqida allaqachon TENAA saytida ma’lumotlar e’lon qilingan. Endi esa internetda uning xususiyatlari ma’lum qilingan tizer tarqatilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Lenovo S5 modeli metall korpusli, romsiz ekranga ega smartfondir. Uning asosiy o‘ziga xosliklaridan yana biri – «sun’iy idrok» imkoniyatlari bilan ta’minlanishidir. Shuningdek, tizerda yana foydalanuvchini qiyofasidan tanib olish funksiyasi haqida ham gap bor. 3000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan bu devays Android operatsion tizimiga tayangan ZUI grafik qobig‘ining so‘nggi talqini o‘rnatilgan holda chiqariladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Lenovo S5 diagonaliga 5.6 dyuymli, Full HD+ formatli displeyga ega. Uning tezkor xotirasi 4/6 gigabayt, doimiy xotirasi esa 32/64 gigabayt hajmlidir.

Lenovo S5 joriy yilning 20 martida Xitoyda taqdim etiladi. Uning narxi va savdoga qo‘yilish vaqti hozircha noma’lum.

Aytib o‘tish kerakki, ayni shu kuni xitoylik yetakchi smartfonsoz ham o‘zining yangi modelini namoyish qilmoqchi.

O‘QING: 20 martdayoq taqdim etiladigan Huawei P20 Lite uchun oldindan buyurtma berish boshlandi («jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!