Terashop.uz’da allaqachon sotilayotgan Redmi Note 6 Pro, nihoyat, rasman taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  3667
  •  28.09.2018 11:43

Terashop.uz’da allaqachon sotilayotgan Redmi Note 6 Pro, nihoyat, rasman taqdim etildi!

Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 6 Pro smartfoni taqdiri boshqa modellardan o‘zgacha bo‘ldi. Ushbu devays haqida ilk ma’lumot paydo bo‘lganidan sal o‘tib, narxlari ma’lum bo‘ldi, keyin «jonli» suratlari, so‘ng videotavsifi internetga chiqdi. Uni xitoyliklar hatto sotuvga ham chiqarishdi va bu gadjet taqdimotidan avval O‘zbekiston bozoriga ham kirib keldi!

O‘QING: EKSKLYuZIV: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 6 Pro’ni birinchilar qatorida Terashop.uz’dan oling!

Kuni kecha – 2018 yilning 27 sentyabrida Xiaomi kompaniyasi, nihoyat, Redmi Note 6 Pro fabletining rasmiy taqdimotini ham o‘tkazdi. Uning namoyishi ham odatdagidek Xitoyda emas, balki Tailandda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu smartfon o‘z «ajdod»i – Redmi Note 5 Pro modelidan unchalik katta farq qilmaydi. Xiaomi uning dizaynini biroz o‘zgartirgan va displeyning o‘lchamini kattalashtirgan.

O‘QING: Yilning beqiyos, hamyonga mos smartfoni — Redmi Note 5 Pro!

Xiaomi Redmi Note 6 Pro modelining 6,26 dyuymlik IPS-ekrani tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatli qilib ishlangan. Tasvir aniqligi Full HD+ formatli bo‘lgan displey Gorilla Glass brendiga mansub toblangan 2,5D-shisha bilan himoyalangan. Shuningdek, so‘nggi trendga mos holda displeyning tepasi «kemtik»li qilingan.

Yangi fabletning «elektron yuragi» sifatida sakkiz yadroli Snapdragon 636 protsessori faoliyat ko‘rsatadi. Uning tezkor xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi esa 64 GB hajmga ega. Uning 4000 mA/soatlik tok sig‘imli akkumulyatori esa, kompaniyaning ta’kidlashicha, telefon so‘zlashuvlari rejimida 19 soat ishlashga yetadi. Full HD-video ijrosida bu batareya quvvati 8,5 soatga, o‘yinlar o‘ynaganda 6 soatga, musiqa ijrosida esa naq 34 soatga yetadi!

O‘QING: Xiaomi nimasi bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi?

Redmi Note 6 Pro korpusining orqa panelida ham oldingi modeliga nisbatan sal o‘zgarish bor. Qo‘shaloq kameradagi 12 megapikselli asosiy modulning piksel o‘lchami 1,4 mkm.ga, diafragmasi esa f/1,9 birlikka teng. Bosh kameraning ikkinchi ob’yektivi 6 megapikselli bo‘lib, portret rejimida orqa fonni xiralashtirish, tasvirning chuqurligini aniqlash kabilar uchun qo‘llanadi. Kamera fokusni tezkorlikda avtomatik sozlovchi Dual Pixel texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Selfi ishqibozlari uchun ham Redmi Note 6 Pro ayni muddao – naq 20 va 2 megapikselli ob’yektivlarga ega qo‘shaloq kamera! Portret rejimini qo‘llashi, qurilmani qulfdan chiqarish uchun egasining yuzini tanib olishi ham uning afzalliklaridan hisoblanadi.

Xiaomi Redmi Note 6 Pro qora, pushti va moviy ranglardagi korpuslarda bozorga taqdim etilgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa eng yangi – Redmi Note 6 Pro fabletidan tashqari, «xitoycha Apple»ning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini ham onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!