TOP-10: Eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar (Master Lu, 2019 yil avgust)

  •   DiMaX
  •  3280
  •  03.08.2019 12:51

TOP-10: Eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar (Master Lu, 2019 yil avgust)

Keyingi paytlarda ommalashib borayotgan Master Lu benchmarki smartfonlarning samaradorligidan tashqari, boshqa jihatlarini ham tekshirishi bilan e’tiborga loyiq. Masalan, uning ma’lumotlari asosida antennasi eng kuchli smartfonlar, eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar hamda «sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytinglarini taqdim etganmiz.

O‘QING: O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda nechanchi o‘rinda?

Master Lu kuni kecha yana bitta reytingni e’lon qildi, unda interfeysining ravonligi, qulayligi bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar o‘nligi aks ettirilgan. Ya’ni, kundalik foydalanish jarayonida ma’lumotdan nusxa olish tezligi, teginishlarga reaksiya ko‘rsatish tezligi, veb-sahifa yuklanishga sarflanuvchi vaqt, turli ilovalarning javob berishi va boshqa omillar hisobga olinib, shular bo‘yicha umumiy ballari ko‘rsatilgan. Natijada zamonaviy smartfonlarning qanchalik optimizatsiya qilinganligi, interfeysning ravonligi baholangan.

Kuchli uchlikka Huawei Mate 20 X 5G, yaqinda namoyish etilgan Asus ROG Gaming Phone 2 hamda ZTE Axon 10 Pro 5G modellari kirgan. Ushbu smartfonlar tegishlicha Kirin 980, Snapdragon 855 Plus hamda Snapdragon 855 protsessorlariga asoslangan.

Shuningdek, ravon interfeysli smartfonlar o‘ntaligiga Honor 9X Pro, Vivo iQOO Neo, Honor 9X, Huawei Nova 5i Pro, Lenovo Z6, Vivo Y7s, Xiaomi Mi CC9 Meitu Custom Edition, Xiaomi Mi CC9, Samsung Galaxy A80 (sotib olish) hamda Xiaomi Mi CC9e ham kirgan.

O‘QING: Xiaomi’ning oldingi flagmani kutilmaganda AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!