Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

  •   DiMaX
  •  7565
  •  13.08.2020 14:53

Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Biz avvalroq xitoycha va global talqindagi MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlarini chiqargan edik. Shuningdek, hozirgacha Android 10 operatsion tizimi bazasidagi barqaror global MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon tarqatila boshlagan modellarni ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Kompaniya yangi grafik qobiq asosidagi proshivkalarni tarqatishning ikkinchi bosqichini sentyabrda yakunlaydi. Keyin – oktyabr oyida esa yangilanishning uchinchi to‘lqini boshlanadi va dastlab xitoycha smartfonlarga, keyin bo‘lsa global versiyali qurilmalarga MIUI 12 bazasidagi barqaror proshivkalar kelishni boshlaydi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

Shunday qilib, yangilanishning uchinchi bosqichida MIUI 12 asosidagi barqaror proshivkalar quyidagi modellarga yetib keladi:

  1. Redmi 6
  2. Redmi 6 Pro
  3. Redmi 6A
  4. Redmi 7
  5. Redmi 7A
  6. Redmi 8
  7. Redmi 8A
  8. Redmi Note 5
  9. Redmi Note 8
  10. Redmi S2
  11. Xiaomi Mi 6X
  12. Xiaomi Mi 8 SE
  13. Xiaomi Mi 8 Youth Edition
  14. Xiaomi Mi CC9E
  15. Xiaomi Mi Max 3
  16. Xiaomi Mi Mix 2
  17. Xiaomi Mi Note 3

Aytish kerakki, «Xitoycha Apple» o‘z mobil qurilmalarida Android 11 operatsion tizimini hali yaqinda sinab ko‘ra boshladi. Hozir amaldagi MIUI 12 grafik qobig‘ining barqaror versiyasi esa Android 10 talqiniga asoslangan.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!