Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

  •   DiMaX
  •  4142
  •  26.03.2020 17:39

Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Hozirgi kunda ko‘pchiligimiz uyimizda Wi-Fi orqali internetdan foydalanamiz, ammo uning tezligi ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. Xususan, koronavirus tarqalishining oldini olish choralari doirasida ko‘pchilik uyda bo‘lgach, foydalanuvchilar soni ham oshgan...

O‘QING: ILMIY YoNDAShUV: Wi-Fi yaxshi ishlashi uchun routerni qayerga o‘rnatish kerak?

Buyuk Britaniyaning radiochastotalar regulyatori – Ofcom mutaxassislari fikricha, Wi-Fi vositasida ishlayotgan internetning tezligi pasayishiga... mikroto‘lqinli pech sababchi ekan! Tadqiqotlarda shu ma’lum bo‘lganki, «mikrovolnovka»ni ishlatish paytida simsiz ma’lumot almashish tezligi yomonlashadi.

Bundan tashqari, signalga yana radio-enagalar, galogen chiroqlar, simsiz (uyali) telefonlar, kolonkalar, shuningdek televizor va monitorlar ham ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ushbu jihozlar router yaqinida joylashgan bo‘lsa, to‘lqin juda pasayib ketadi, deyishmoqda mutaxassislar.

Shuningdek, Ofcom ekspertlari uyda Wi-Fi orqali internet tezligiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun, qo‘ng‘iroqlarni uyali aloqa tarmog‘idan amalga oshirmaslikni tavsiya etishgan. Ular buning o‘rniga statsionar (simli) uy telefonidan yoki internet orqali ishlovchi messenjerla vositasida gaplashgan ma’qul ekanini aytishgan.

O‘QING: Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!