«Xalq so‘zi»ga hujum qilgan mashhur xakerlar guruhi endi Ilon Maskka qarshi urush ochdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1132
  •  07.06.2021 07:19

«Xalq so‘zi»ga hujum qilgan mashhur xakerlar guruhi endi Ilon Maskka qarshi urush ochdi (+video)

Bundan bir necha yil avval «Narodnoye slovo» va «Xalq so‘zi» gazetalari saytlari xakerlar hujumiga uchragan, ularning bosh sahifasida Anonplus belgisi joylashtirilgan edi. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Anonplus – ijtimoiy tarmoq bo‘lib, u Anonymous nomli xalqaro xakerlar guruhiga tegishli hisoblanadi.

O‘QING: Anonymous xakerlarining Angliya hukumatiga tahdidi: «Assanjni ozod eting yoki bizni kuting!»

Ushbu xakerlar guruhi endi mashhur muhandis va tadbirkor, sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Maskka qarshi urush e’lon qildi. Xakerlar uni Twitter’dagi bayonotlari orqali bitkoin kursiga kuchli ta’sir ko‘rsatganlikda, shuningdek, oddiy mehnatkash kishilarning investitsiyalariga nisbatan bepisandlikda ayblashmoqda.

Anonymous guruhi e’lon qilgan so‘nggi rolik Maskka qaratilgan bo‘lib, xakerlar unda tadbirkorning o‘ziga va uning Tesla kompaniyasiga bir qator ayblovlarini ilgari surishgan.

Ilon Maskni xakerlar o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishda ayblashgan: tadbirkor avvalroq o‘zini «Tesla texnoqiroli» deb, so‘ng esa «Mars Imperatori» deb e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, u doimiy kripto-trolling bilan kriptovalyutalar kursini o‘ynatib, shu yo‘l orqali ishchilar sinfi sarmoyalariga zarar yetkazmoqda, deydi Anonymous.

Oxirgi o‘tgan haftada ham Ilon Mask dunyo bo‘ylab turli xabarlarda tilga olingan: u o‘zining tezkor taom restoranlari tarmog‘ini ochishga tayyorlanmoqda; Deimos nomli okean kosmodromi qurishini e’lon qilgan, Las-Vegas ostida LVCC Loop tonneli ishga tushirib, unda Tesla tezligi 185 km/soatga chiqarilgan; Starship SN16 fazo kemasi ilk bor ko‘rsatilgan. Lekin biz uchun eng qiziqarlisi...

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!