Xiaomi Android Nougat'ga yangilanadigan smartfonlari ro‘yxatini e’lon qildi
Xiaomi
kompaniyasi ayni paytda Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 operatsion
tizimini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangilangan proshivka MIUI 8 bilan solishtirib ko‘rganda, qator afzalliklarga ega.
MIUI forumida e’lon qilinganishicha, kompaniya shu kunlarda operatsion tizimning sinov talqinini ishga tushirish
arafasida.
Shu bilan
birga, Xiaomi kompaniyasi o‘zining qaysi smartfon modellari Android Nougat
operatsion tizimida ishlashini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, brendning 14 ta mobil aloqa vositasi ilg‘or tizim boshqaruvida ishlaydi.
Ular quyidagilar:
Xiaomi Mi5,
Mi 5s, Mi 5s Plus, Mi4c, Mi4s, Mi Note, Mi Note 2, Mi MIX, Mi Max hamda Redmi Note 4X. Bu
modellarning barchasi Android 7.1 Nougat tizimiga yangilanadi. Shuningdek, Xiaomi
Mi6, Mi Max 2, Mi 5C hamda Redmi 4X
egalari ham tez kunlarda Android 7.1 Nougat'ni yangilab olishlari mumkin
bo‘ladi.
Hozircha bir qator ommabop smartfon modellari bu ro‘yxatga kirmagan. Misol uchun, Redmi Note 3 yoki Redmi Note 4. Buni qarangki, ulardan oldin, ya’ni bundan 2.5 yil avval taqdim qilingan Mi Note yangi proshivkaga ega bo‘ladi. Lekin kompaniya ommabop smartfonlari uchun ham yaxshi yangilik tayyorlayotgani aniq.
Ekspertlarning fikricha, MIUI 9'ga ega bo‘lgan smartfonlar Android 7.0 Nougat'ga xos ilg‘or funksiyalarga ega
bo‘ladi. Jumladan, ekranni bir vaqtning o‘zida bir necha qismga bo‘lib, bir nechta ilovalardan foydalanish. Qolaversa,
bu tizimda smartfon yanada tezkor ishlab, kamroq quvvat sarf qiladi. Yana
bir muhim innovatsiya shuki, Android Nougat tizimida joriy qilingan "trafik tejash" funksiyasi internetdan samarali
foydalanish imkonini beradi. Yangi
tizimda xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
����