Xiaomi arzon va cho‘zinchoq Qin 2 Pro smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2763
  •  07.11.2019 14:03

Xiaomi arzon va cho‘zinchoq Qin 2 Pro smartfonini taqdim etdi

«Xitoycha Apple» o‘tgan yilning yozida o‘zining ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1 hamda uning nisbatan ilg‘or varianti – Qin 1s modellarini taqdim etgandi. Bular – Wi-Fi moduli va zamonaviy USB Type-C porti bilan jihozlangan, yana «sun’iy ong» joriy etilgan ilk tugmachali telefonlar bo‘lsa, ularning avlodi – Qin 2 esa sensor ekranli smartfon tarzida taqdim etilgan.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Xiaomi endi ikkinchi avlod Qin telefonining Pro-versiyasini taqdim etdi, uning to‘liq nomi – Qin AI Assistant Pro. Mazkur gadjetning ham korpusi cho‘zinchoq bo‘lib, polikarbonatdan ishlangan. Shunga yarasha, diagonali 5 dyuymlik ekranining tomonlari ham o‘zaro 22,5:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa 1440x576 piksellik.

Qin 2 Pro kamerasida 8 megapiksellik sensor qo‘llangan, oldingi avlodida esa atigi 5 megapiksellik datchik edi, Qin 1 hamda Qin 1s modellarida esa umuman kameraning o‘zi bo‘lmagan. Tejamkorlik maqsadida yangi modelda ham selfi-kameradan voz kechilgan.

O‘QING: Xiaomi’ning yana uchta smartfoni barqaror MIUI 11’gacha yangilanmoqda

«Pultsimon» bu smartfon to‘rtinchi avlodgacha standartlardagi uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi. Korpusining o‘ng yon qirrasida maxsus qizil tugmacha ham bor – uning yordamida XiaoAI virtual yordamchisi chaqiriladi.

Qin 2 Pro modelida avvalgisiga qaraganda kuchliroq – sakkiz yadroli Spreadtrum SC9863A protsessori qo‘llangan. Uning tezkor xotirasi ham 2 gigabaytga chiqarilgan – avvalgi modelida «operativka» hajmi atigi 1 gigabayt edi. Doimiy xotirasi o‘zgarmagan – 32 gigabaytlik. Qin 2 devaysidagi kabi 2100 mA/soatlik batareyasi zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvat oladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Qin 2 Pro arzon smartfonlarga mo‘ljallab «taroshlangan» Android GO operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Xiaomi unga maxsus – cho‘zinchoq ekranli telefonlarga moslangan Qin grafik qobig‘ini o‘rnatgan.

Xiaomi hozircha Qin 2 Pro narxini ma’lum qilmagan, uning oldingi modeli esa 499 yuanga (taxminan 69 dollarga) narxlangan edi. Navbatdagi avlodi oldingisiga nisbatan 10–15 foizga qimmat bo‘lishi kutilmoqda. Uning ilk «ajdod»i – Xiaomi Qin 1s telefonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 810 000 so‘m evaziga hoziroq xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!