Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  1858
  •  30.03.2020 17:41

Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger Zak Nelson (Zach Nelson) o‘zining JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan. Mi Note 10 modelini esa u Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni, deya e’tirof etgan edi.

O‘QING: JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

Aytish kerakki, Xiaomi Mi Note 10 modeli aslida Xiaomi CC9 Pro’ning xalqaro bozorga mo‘ljallangan talqini hisoblanadi. U o‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar bo‘yicha AnTuTu’ning yanvar reytingida ikkinchi o‘rinni, fevral reytingida esa to‘rtinchi o‘rinni olgan. Lekin ayni damda mazkur ikkala model ham savdodan olingan.

Taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ma’lum qilishicha, Xiaomi ushbu smartfonining Lite-versiyani ham tayyorlagan. TENAA regulyatorida yaqinda M2002F4LG model raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan qurilma – ayni mana shu Xiaomi Mi Note 10 Lite bo‘ladi, deydi u.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Lite – kvadrokamerali hamyonbop 5G-flagman namoyish etildi!

Insayderga ko‘ra, mazkur gadjet sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 730 protsessori bazasida ishlaydi va bozorga ikki xil versiyada taqdim etiladi.

Xabarga ko‘ra, Mi Note 10 Lite diagonaliga 6.47 dyuymlik displey, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5260 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Uning old kamerasi 16 megapiksellik bo‘lsa, bosh kamerasi naq beshta modulni o‘z ichiga oladi – 64 + 8 + 8 + 5 + 3 megapiksellik datchiklar!

Xiaomi Mi Note 10 modeli zavoddanoq Android 10 operatsion tizim talqini o‘rnatilgan holda chiqadi. Kompaniya avvalroq bergan bayonotiga ko‘ra, 5G-smartfon bo‘lmagani uchun, uning narxi 285 AQSh dollaridan oshmaydi. Lekin uning rasmiy namoyish sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Navbatdagi arzon smartfon – Redmi 9 birinchi «jonli» suratlarda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!