Xiaomi Mi 9T Pro taqdimot arafasida Geekbench’da imtihon topshirdi: Black Shark 2 Pro’dan qolishmaydi!

  •   DiMaX
  •  1284
  •  25.07.2019 10:41

Xiaomi Mi 9T Pro taqdimot arafasida Geekbench’da imtihon topshirdi: Black Shark 2 Pro’dan qolishmaydi!

«Xitoycha Apple» o‘tgan oyda namoyish etgan Xiaomi Mi 9T smartfonini allaqachon O‘zbekistonda ham sotib olish mumkin. Uning kuchli varianti – Xiaomi Mi 9T Pro esa hali endi taqdim qilinadi.

O‘QING: Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

 Mi 9T Pro modeli avvalroq ommabop Geekbench servisida tekshirib ko‘rilganida, yakka yadroli testda 3453 ball olgan, ko‘p yadroli sinovda esa 10363 ochko to‘play bilgan. Kuni kecha mazkur flagman yana ayni ushbu benchmarkda imtihon topshirib, natijalarini yangilagan:

Xiaomi Mi 9T Pro bu gal Qualcomm Snapdragon 855 protsessorining bitta yadrosi ishtirokidagi sinovda 3499, barcha yadrolarini ishlatganida esa 11018 ballik natija ko‘rsatgan.

O‘QING: AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Qizig‘i shundaki, Xiaomi kompaniyasining o‘yinbop Black Shark 2 Pro smartfonini 30 iyulda namoyish etadi. Mazkur qurilma Geekbench servisida tegishlicha 3632 va 11304 ochko to‘plagan:

Bundan ko‘rinib turibdiki, Xiaomi Mi 9T Pro samaradorlikda hatto geymerlar smartfonlari bilan bellasha oladi! Benchmarkdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 6 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega.

Mi 9T Pro yaqin orada taqdim etilib, avgust oyining o‘zidayoq sotuvga chiqishi aytilmoqda. Hozirgacha global bozorga chiqqan turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi