Xiaomi’ning yana bir arzon flagmani – Pocophone F2 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: hammasi zo‘r, lekin... (+«jonli» surat!)

  •   DiMaX
  •  1961
  •  18.03.2019 11:04

Xiaomi’ning yana bir arzon flagmani – Pocophone F2 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: hammasi zo‘r, lekin... (+«jonli» surat!)

2018 yilning oxirrog‘ida «xitoycha Apple» o‘zining ikkinchi avlod arzon flagmani – Pocophone F2 modelini 25 dekabrda taqdim etadi, degan xabarlar chiqqandi. Garchi o‘sha kuni Xiaomi boshqa smartfonini yangi konfigursiyada, «o‘q o‘tmas» talqinda namoyish etgan bo‘lsa-da, uning tayyorlanayotgani keyinroq isbotlandi.

O‘QING: Pocophone F2 suratlarda: Snapdragon 855, 4500 mA/soatlik akkumulyator, IP68 himoyasi va jami 78 MPlik uch modulli kamera!

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning ikkinchi avlod Pocophone smartfoni yana bir marta tekshirib ko‘rilgani haqida qayd paydo bo‘ldi.

Lekin uning texnik xususiyatlari shubhali: test natijalariga ko‘ra, arzon flagman yakka yadroli sinovda 1776 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 6097 ball olgan. Smartfonning «elektron yuragi» tarzida Snapdragon 855 («msmnile» kodli belgisi aynan shu chipga tegishli) ko‘rsatilganini hisobga olsak, bunday ochkolar – eng ilg‘or protsessor uchun o‘ta past natija.

O‘QING: Xiaomi eng baquvvat protsessorli eng arzon flagmanni endi Lite-versiyada chiqaryapti!

Pocophone F2 modeli keng ommaga hali rasman taqdim etilmagan Android Q operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlashi esa muhim ijobiy jihatlardan biridir. Ammo smartfonning tezkor xotirasi atigi 4 gigabayt ekani ham juda g‘alati! Aftidan, Geekbench’da ushbu flagmanning muhandislik namunasi, aynan Android Q talqinini sinab ko‘rish uchun sinab ko‘rilgan bo‘lsa kerak.

Shuningdek, insayderlar allaqachon Pocophone F2 flagmanining «jonli» suratini ham internetga chiqarishgan:

Pocophone F2 taqdimot sanasi va narxi hozircha noma’lum, ammo original Xiaomi Pocophone F1 modelini esa, xotira hajmiga qarab, 2 449 000 so‘mdan boshlangan narxlarda hoziroq Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn sotib olish imkoni mavjud. Ayniqsa, shu kunlarda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)