Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1171
  •  19.11.2019 11:46

Xiaomi rahbari Redmi K30 taqdimoti haqidagi bahslarga nuqta qo‘ydi

Xitoyda bugun dasturchilarning MIDC 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Xiaomi rahbari Ley Szun (Lei Jun) kompaniyaning Redmi K30 smartfoni haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

O‘QING: Redmi arzon smartfonlarining avval aytilmagan bir siri ochildi

Shu paytgacha tarqalgan xabarlarda arzonchi brendning ushbu 5G-flagmani kelasi yil chiqishi aytilayotgan edi. Ley Szun esa bu boradagi bahslarga nuqta qo‘ydi: uning rasman ma’lum qilishicha, Redmi K30 keyingi oydayoq namoyish etiladi.

Shuningdek, u keyingi yil kompaniya 5G tarmog‘ini qo‘llovchi kamida o‘nta smartfon chiqarmoqchi ekanini ham tasdiqlagan.

O‘QING: MIUI 11 uchinchi to‘lqinda eski modellardagi Xiaomi va Redmi smartfonlarga tarqatiladi

Xiaomi rahbarining bayonotidan so‘ng yana bir masalaga e’tibor qaratish lozim bo‘lib qoldi. Ya’ni, Redmi K30 modelining «elektron yuragi» MediaTek MT6885 bo‘lishi aytilayotgan edi. Mazkur chipset esa 26 noyabrda rasman taqdim etiladi; demak – shunda Redmi K30 haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ma’lum qilinishi mumkin.

Yana bir versiyaga ko‘ra, Redmi K30 modelida MediaTek emas, balki Qualcomm chipseti qo‘llanadi; masalan, @AndroidSaint nikli insayder Twitter’da shunday degan. Agarda bu to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Redmi brendining birinchi 5G-smartfoni yanada xaridorgir bo‘lishi aniq.

Xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim Xiaomi telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi rasman: «Bu smartfonni kutmay qo‘yavering!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.