Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

  •   DiMaX
  •  860
  •  17.09.2018 12:14

Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Yoshlarbop «salkam flagman» – Xiaomi Mi 8 Youth modelining taqdimot sanasi rasman aytilib, uning rasmiy surat va hatto videolari ham tarqalgan, o‘zi hali taqdim etilmasdan sotuvga ham chiqqan. Endi esa barmoq izi skaneri bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilingan yana bir model haqida ham rasmiy ma’lumot berildi.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 seriyasida yana ikkita yangi model: bittasining taqdimot kuni ham ma’lum! (+«jonli» surat)

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkaunti orqali tarqatgan tizerda uning Mi 8 Screen Fingerprint Edition rusumli flagmani aks ettirilgandi. Endi esa, iPhone Xs’ga o‘xshash ushbu modelning nisbatan ko‘proq ma’lumot beruvchi yangi surati ham e’lon qilindi.

Ko‘rib turganingizdek, tasvirda Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint Edition modelida daktiloskopik datchikning bevosita displeyda ekanligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Shuningdek, qurilma korpusining o‘ng qirrasida uni o‘chirish/yoqish hamda ovozni balandlatish/pastlatish tugmachalari ham ko‘zga tashlanadi.

Ekran yuzasiga yotqizilgan himoya shishasining tepa qismida so‘zlashuv dinamigi uchun «kemtik» qoldirilganligi ham seziladi. Demak, bu yerdagi «o‘yiq»da yuzni tanish tizimi va boshqa datchiklar o‘rin oladi.

Tizerdagi yozuv xitoychada bo‘lsa ham, undagi raqamlar orqali siz ham payqagan bo‘lsangiz kerak – Mi 8 Screen Fingerprint Edition modeli 19 sentyabrda rasman taqdim etiladi. Ya’ni, «xitoycha Apple» uni ham o‘zining Mi 8 Youth Edition smartfoni bilan birga namoyish etmoqchi.

Xiaomi’ning shu paytgacha bozorga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham Terashop.uz internet-do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)