Xiaomi va Redmi smartfonlari hamda boshqa gadjetlariga chegirma muddati uzaytirildi!

  •   DiMaX
  •  1409
  •  14.04.2020 13:50

Xiaomi va Redmi smartfonlari hamda boshqa gadjetlariga chegirma muddati uzaytirildi!

Eslasangiz kerak – Xiaomi kompaniyasi mart oyida Rossiyada smartfonlarini 123 dollargacha chegirma bilan sotgandi. Keyin esa, Mi Fan Festival 2020 festivali doirasida ushbu mamlakatdagi muxlislari uchun yana 33 foizgacha chegirmali yangi aksiya e’lon qilingan edi.

O‘QING: Xiaomi o‘n yilligiga bag‘ishlangan yubiley flagmani tayyor! (+«jonli» rasmlar)

Xiaomi rasmiy sayti orqali ma’lum qilishicha, Mi Fan Festival 2020 festivali doirasidagi aksiya muddati 2020 yilning 19 apreligacha uzaytirilgan. Rossiyadagi muxlislar shu kuni, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha «Xitoycha Apple»ning smartfon va boshqa mahsulotlarini chegirma bilan olishlari mumkin.

Aniq modellarga keladigan bo‘lsak, Redmi Note 8 Pro modelining xotira hajmiga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi 19 990 va 17 990 rubllik variantlarini aksiya davrida tegishlicha 14 900 va 16 990 rublga olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, ushbu devays AnTuTu benchmarkining mart oyidagi o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar global reytingida yetakchi bo‘lgan.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Redmi brendining o‘ta arzon smartfoni – Redmi 7A oldin 7 499 rubldan sotilib kelayotgan bo‘lsa, Mi Fan Festival 2020 festivali doirasida uning narxi 4 990 rublgacha tushirilgan.

Qo‘shimchasiga, yana «Mi ballar» sodiqlik dasturi amal qiladi – bunda balllarni kuponlarga almashtirish imkoni bor. Ayrim smartfonlar xaridida esa yana sovg‘alar ham taklif etiladi: masalan, Mi Band 4 smart-brasletini atigi 1 rublga olsa bo‘ladi.

Aytib o‘tish kerakki, aksiya davrida Xiaomi hamda Redmi brendlarining nafaqat telefonlari, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar uchun ham chegirmalar mavjud. Ular qatorida quloqchinlar, aqlli brasletlar, aqlli uy qurilmalari, chemodanlar, telepristavkalar va boshqalar ham mavjud.

Demak, hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz mana bu havola orqali aksiya sahifasiga o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ning eng muammoli smartfoni antirekord o‘rnatdi!