Xiaomi yana bitta – kamerasi iPhone X’dagidek bo‘lgan smartfon taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  2482
  •  13.02.2018 17:09

Xiaomi yana bitta – kamerasi iPhone X’dagidek bo‘lgan smartfon taqdim etyapti!

Xitoylik sermahsul smartfonsoz Xiaomi ertaga – 14 fevraldayoq o‘zining bu oydagi ilk telefon taqdimotini o‘tkazmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Bugun tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu – Redmi turkumiga kiruvchi Note 5 hamda Note 5 Pro modellari bo‘ladi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi nihoyat Redmi Note 5 taqdimotining aniq sanasini aytdi!

Weibo tarmog‘ida tarqalgan yangi «jonli» fotosuratga ko‘ra, Redmi Note 5 Pro deya taxmin qilinayotgan qurilmani ilg‘or kamerafonlar qatoriga qo‘shish mumkin.

Yuqoridagi suratda ko‘rib turganingizdek, Redmi Note 5 Pro modullari xuddi yubiley ayfonidagi kabi joylashgan qo‘shaloq asosiy kameraga ega. «Xitoycha ayfon»ning bosh kamerasi 12 megapikselli, f/2.2 aperturali hamda 5 megapikselli,  f/2.0 aperturali sensorlardan iborat. Bu ikkita ob’yektivning o‘rtasida esa LED-chaqnoq o‘rin olgan.

Redmi Note 5 Pro’ning selfi-kamerasi masalasida ham Xiaomi «ziqnalik qilmagan» – naq 20 megapikselli old kamera va Selfie-light turiga mansub LED-chaqnoq!

O‘QING: Redmi Note 5’ning rasmiy video-tizerini tomosha qilamiz

Xiaomi Redmi Note 5 modeli

Apple’ning «shisha» flagmanidan farqli ravishda, Redmi Note 5 Pro korpusi metalldan ishlangan.

Boshqa xususiyatlariga kelsak, Redmi Note 5 Pro diagonali 5,99 dyuymga teng, tomonlarining o‘zaro 18:9 nisbatda, displeyi aniqligi esa FHD+ formatida. Snapdragon 636 protsessoriga ega bo‘lgan mazkur fabletning tezkor xotirasi 3, 4 va 6 gigabaytli, doimiy xotirasi esa 32 hamda 64 gigabaytli variantlari chiqariladi. Uning akkumulyatori ham zo‘r – 4000 mA/soat sig‘imga ega.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro modeli

Xiaomi o‘zining bu devaysini 14 fevralda Hindistonda taqdim etishi rejalangan. Ushbu kompaniyaning savdoga chiqarilgan ko‘plab smartfonlarini O‘zbekiston bozorlaridan ham olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 9 fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.