Xiaomi’ning oldingi flagmani kutilmaganda AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1556
  •  02.08.2019 13:17

Xiaomi’ning oldingi flagmani kutilmaganda AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Kuni kecha taqdim etilgan Black Shark 2 Pro o‘yinbop smartfoni Qualcomm yaqinda chiqargan eng kuchli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Taqdimotda uning AnTuTu benchmarkida 500 000 balldan oshiq natija bilan rekord o‘rnatgani aytilgan, ammo...

O‘QING: Xiaomi barchani laqillatgan ekan – ikkita yangi flagmani benchmarkda «qovun tushirdi»!

Endi esa kompaniyaning nisbatan eski – Xiaomi Mi 9 flagmanining xuddi shu AnTuTu servisidagi natijasi e’lon qilindi. Buni qarangki, Black Shark 2 Pro modelidagidan eskiroq va samaradorligi pastroq – Snapdragon 855 chipsetiga asoslangan bo‘lsa-da, benchmarkda u 505 000 balldan oshiq natija qayd etdi!

Gap shundaki, benchmark servisi dasturchilari AnTuTu ilovasini 8.0.1 talqinigacha yangilashganida, uning samaradorlikni hisoblash algoritmlariga ham o‘zgarish kiritishgan. Natijada u oldingidek tezkorlikda ishlayotgan qurilmaning natijalarini ham avvalgisidan yuqoriroq qilib chiqaradigan bo‘lgan.

Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmanining samaradorligi ham avvalgidan juda oshib ketmagan, shunchaki yangi versiyadagi AnTuTu orqali sinalganida natijasi yuqoriroq chiqqan.

O‘QING: AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Shuni hisobga olsak, Black Shark 2 Pro natijalaridagi farqqa ham oydinlik kiritiladi: Xiaomi vakillari taqdimotda e’lon qilgan natija aslida yolg‘on emas. Shunchaki, uni o‘shanda hali oddiy xalqqa taqdim etilmagan AnTuTu 8.0.1 talqinidagi ilova orqali hisoblab chiqarishgan, foydalanuvchilar tekshirgan benchmark ilovasi eski versiyada bo‘lib, avvalgi algoritmlar bo‘yicha pastroq ball chiqarib bergan.

Lekin nima bo‘lganda ham, geymerlarga moslab sovitish tizimi kuchaytirilgan, tag‘in eng baquvvat protsessorli Black Shark 2 Pro smartfonidan ko‘ra kompaniyaning oldingi flagmani yuqori ball olgani baribir qiziq.

Eslatib o‘tamiz, rekordchi Mi 9 flagmandan tashqari, turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini ham 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!