Xuddi Galaxy S23 smartfonlari kabi Xiaomi Civi 3 ham o'zining maxsus chipsetiga ega bo'ladi

Xuddi Galaxy S23 smartfonlari kabi Xiaomi Civi 3 ham o'zining maxsus chipsetiga ega bo'ladi

Xiaomi o'z smartfonlari orasida eng "chiroyli"sining yangi avlodini chiqarishga tayyorlanmoqda – kompaniya bu yilgi Xiaomi Civi 3 haqidagi ilk ma'lumotni ochiqladi.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi Civi 3 smartfoni u uchun MediaTek tomonidan maxsus ishlab chiqariladigan Dimensity 8200 Ultra bilan jihozlanadi. Civi 3 ushbu chipset bilan chiqariladigan birinchi va ehtimol, yagona smartfon bo'ladi. Aytish kerakki, ushbu yangi chipset o'tgan yilning dekabr oyida taqdim qilingan Dimensity 8200 modelinining kuchaytirilgan variantidir.

Mish-mishlarga qaraganda Xiaomi Civi 3 smartfoni 6.55 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega FHD+ rezolyutsiyadagi AMOLED displeyga ega bo'ladi. O'tgan yilgi Xiaomi Civi 2 old tomonida Apple'ning iPhone 14 Pro modellari kabi uzunchoq tabletka dori shaklidagi tirqishga ega edi va katta ehtimol bilan ushbu dizayn Civi 3 uchun ham saqlab qolinadi va u 32 megapikselli selfi kameralar juftligini o'z ichiga oladi. Orqa tomonga esa Sony'ning IMX800 (50 MP) sensori asosiy kamera sifatida o'rnatilishi mumkin. Shuningdek, smartfon 4500 mA/soat batareyaga bo'lishi va u 67 Vt tezlikda zaryadlanishi aytilmoqda.

Afsuski, Xiaomi Civi smartfoni Xitoy uchun eksklyuziv hisoblanadi va u mamlakatda tez orada taqdim qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!