Yangi sinovlar: Redmi Note 7 metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida... (4 ta video)

  •   DiMaX
  •  3673
  •  18.01.2019 12:31

Yangi sinovlar: Redmi Note 7 metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida... (4 ta video)

Xiaomi kompaniyasining atigi 150 dollarlik Redmi Note 7 smartfoni mustahkamligi bilan ham jahon ahlini hayratga solishda davom etmoqda. Turli videolarda uni yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: VIDEO: Sakkiz yarim daqiqada sotib tugatilgan Redmi Note 7 ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘ramiz!

Internetda ushbu qurilma ustida antiqa drop-testlar o‘tkazilgani haqida boshqa videolar ham chiqib kelmoqda. Bugun shulardan birdaniga to‘rttasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Avvalo, Redmi Note 7 laboratoriya sharoitida – ekrani ustiga metall zo‘ldir (sharik) tashlab ko‘rsatilgan:

Smartfonni ko‘pchilik cho‘ntagiga solib yuradi, u yerda esa kalit yoki boshqa metall buyumlar ekranni yoki korpusni shikastlashi ehtimoli yuqori. Redmi Note 7 shunday xavdan xoli ekanligi quyidagi lavhada ko‘rsatilgan:

Smartfon ekranining mustahkamligini drel bilan tekshirishganini ko‘rganmisiz? Mana, tomosha qiling:

Va nihoyat, hayotiy vaziyat – smartfon qo‘ldan tushirib yuborilganida yoki atay tashlab yuborilganida uning zararlanmasligi:

Xullasi kalom, Xiaomi ushbu arzon smartfonini qimmat flagmanlardan ham mustahkam qilib chiqargani ko‘rinib turibdi. Uning yurtimizga qachon yetib kelishi hozircha noma’lum, bu borada yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: 205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!