Ubisoft Rainbow Six o‘yinining mobil versiyasini e’lon qildi

Yangi o‘yin uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tganlar uning chiqarilishidan oldin o‘ynash imkonini qo‘lga kiritadilar.

Ubisoft nega suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi?

Insayderning xabar berishicha, kompaniya yangi mobil shuter o‘yini, "fors shahzoda"sining yangi qismi va yana ko‘plab o‘yinlar ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Ro‘yxatda eng ommabop bo‘lgan 22 ta o‘yinning trafik sarflash ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ular orasida eng ochofati esa soatiga 300 megabaytgacha trafikni «g‘ajib tashlar» ekan!

Yap-yangi AMD va Intel protsessorli noutbuklarni tezkorligi va avtonomligi bo‘yicha taqqoslab ko‘rsatishdi

Testda qatnashgan XMG Core 15 noutbuklaridan birinchisi AMD Ryzen 7 4800H, ikkinchisi esa Intel Core i7-10750H protsessori bazasida ishlaydi, qolgan barcha xususiyatlari aynan bir xil.

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

O‘ntasi PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, qolganlari esa boshqa platformalarga ham chiqadi.

PlayStation 5’ga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatda!

Official PlayStation Magazine jurnalining hali chiqib ulgurmagan 176-sonini internetga chiqarib yuborishdi. Uning sahifalarida esa PlayStation 5 konsoliga taqdim etiladigan 38 ta o‘yinning ro‘yxati mavjud.

Ubisoft biryo‘la Apple va Google’ni sudga berdi, lekin bosh aybdor – Alibaba! (+video)

Alibaba’ning Qookka Games studiyasi Area F2 o‘yinini chiqargan. Ubisoft da’vosiga ko‘ra, bu – uning Rainbow Six Siege o‘yinidan ko‘chirma ekan! Lekin o‘yinsoz buning uchun nega Google va Apple’ni sudga bergan?

PlayStation uchun eng ommabop o‘yinlar – uchta reytingda

Sony kompaniyasi 2019 yilning dekabrida PS Store o‘yin katalogidan eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar statistikasini e’lon qildi. PlayStation o‘yin konsollariga mo‘ljallangan o‘yinlar uchta reytingda aks ettirilgan.

2019 yili eng ko‘p sotilgan va eng ommalashgan o‘yinlar (Valve talqini)

Valve rasmiy blogida Steam o‘yinlar do‘koni bo‘yicha 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Kompaniya biror yo‘nalish bo‘yicha aniq reytingni bermasdan, faqat muayyan ro‘yxatlarni taqdim etgan.

The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Jeff Kili boshchiligidagi jamoa The Game Awards 2019 – joriy yilning eng yaxshi o‘yinlari nomzodlarini e’lon qildi. Unda 2019 yildagi turli nominatsiyalar bo‘yicha eng zo‘r videoo‘yinlar aniqlanadi.

Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Steam Awards ro‘yxatida o‘yinlar sotilishi bo‘yicha faqatgina «Platina», «Oltin», «Kumush» va «Bronza» toifalariga ajratib e’lon qilingan. Ularning har biri qancha sotilgani va foyda keltirilgani aytilmagan.

Rainbow Six Siege’ni shu kunlarda mutlaqo bepul o‘ynash, yana 70 foizgacha chegirma bilan olish mumkin! (+video)

Shuningdek, o‘yin xaridida ham 30 noyabrgacha ulkan chegirmalar e’lon qilingan. Qaysi nashri ekanligi va platforma turidan kelib chiqib, uni 70 foizgacha arzon olish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш