MWC 2019 doirasida Sony to‘rtta – Xperia 1, Xperia 10, Xperia 10 Plus va Xperia L3 smartfonlarini namoyish etdi (+«jonli» video)

Xperia L3 displeyining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Qolgan uchala smartfonning ekrani yangicha – 21:9 nisbatli. Sony’ning ta’kidlashicha, bu yangicha format – «kinobop» standartdir.

Sony g‘ayrioddiy dizaynli rekordchi – Xperia XZ4 flagmani taqdimotiga taklif qilyapti (+«jonli» surat)

Akkumulyatori 3900 mA/soatlik tok sig‘imli Xperia XZ4 quloqchin uchun 3.5 millimetrlik audiotirqishga ham ega bo‘lib, taxminan 900 dollarga narxlanadi.

Xiaomi rahbari AnTuTu’ning yangi rekordchisini e’lon qildi! (2019 yil 16 fevral)

387 851 ball – a’lo natija, u Lenovo Z5 Pro GT modelining ko‘rsatkichidan ham 15 000 ballga yuqori!

Terashop.uz’da yangilik: Sony, Philips, HTC va Nokia telefonlarining narxlari (2019 yil 21 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Ro‘yxat narxlarning o‘sib borish tartibida tuzilgan bo‘lib, har birining yonidagi «Sotib olish» yozuviga o‘rnatilgan havola orqali uning xarid sahifasiga o‘tib, onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.

Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Snapdragon 855 protsessorli Galaxy S10+ yakka yadroli va ko‘p yadroli testlarda tegishlicha 3413 hamda 10256 ball olgan. Buni qarangki, ushbu flagmanning Exynos 9820 protsessorli versiyasi yana past ball oldi!

Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

Snapdragon 855 protsessorli Xiaomi Mi 9 mazkur sinovda 362570 ball olgan. Bu esa samaradorlik bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lib, Antutu reytinglarida yuqori o‘rinlarda turishi aniq.

AnTuTu mutaxassislari Snapdragon 855 samaradorligini Snapdragon 845 va Kirin 980 bilan taqqoslab ko‘rsatishdi

Mazkur mobil chip Samsung Galaxy S10, Xiaomi Mi 9, LG G8, Xperia XZ4 va boshqa flagmanlariga o‘rnatiladi.

Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Afsuski, bu yangilik Samsung foydasiga emas: axir, zamonamizning eng ilg‘or flagmani bo‘lishi kutilayotgan Galaxy S10 Plus smartfoni kutilayotganidan ancha past natija ko‘rsatgan.

AnTuTu rekordchisi – Lenovo Z5 Pro GT flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Lenovo Z5 Pro GT yakka yadroli sinovda 3284 ball, ko‘p yadroli testda esa 10237 ball to‘plagan, xolos. Ayni shu Snapdragon 855 chipli Sony Xperia XZ4 smartfoni hozirda 12801 ochko bilan Geekbench’da yetakchi.

Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

Ehtimol, Geekbench’da uning yakuniy namunasi emas, balki hali oxiriga yetmagan prototipi tekshirib ko‘rilgandir. Lekin baribir Snapdragon 855 chipli smartfon uchun yuqoridagi ko‘rsatkich o‘ta uyatlidir.

Yangi rekord: Sony Xperia XZ4 taqdimotdan avval AnTuTu’da salkam mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Eng yangi va kuchli Snapdragon 855 protsessori bilan qurollangan Sony Xperia XZ4 flagmani AnTuTu’da eng yuksak – 395 721 ball to‘plashga erishgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш