Xiaomi rahbari AnTuTu’ning yangi rekordchisini e’lon qildi! (2019 yil 16 fevral)

  •   DiMaX
  •  2015
  •  16.02.2019 10:27

Xiaomi rahbari AnTuTu’ning yangi rekordchisini e’lon qildi! (2019 yil 16 fevral)

Qulacomm Snapdragon 855 protsessori rasman taqdim etilgach, unga asoslangan smartfonlar turli benchmarklarda yetakchi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, garchi avvalroq Geekbench’da sharmanda bo‘lgan esa-da, Lenovo Z5 Pro GT amalda o‘zini oqladi.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Lenovo Z5 Pro GT va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatdi!

Ammo bugun – 2019 yilning 16 fevralida Xiaomi rahbari Weibo ijtimoiy tarmog‘ida qiziq skrinshot e’lon qildi. Bu Mi 9 flagmanining AnTuTu benchmarkida namoyon etgan samaradorlik ko‘rsatkichidir. Ushbu servisda erishgan natijasiga qaraganda, Xiaomi Mi 9 mutlaq g‘oliblikka da’vogar!

387 851 ball – a’lo natija, axir u Lenovo Z5 Pro GT modelining ko‘rsatkichidan ham 15 000 ballga yuqori!

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Ammo, garchi rekord natija ko‘rsatgan bo‘lsa-da, Xiaomi Mi 9 flagmanini hozircha AnTuTu’ning mutlaq yetakchisi, deb bo‘lmaydi. Chunki shu yilning yanvar oyi boshida hali taqdim etilmagan Sony Xperia XZ4 smartfoni ushbu benchmarkda salkam 400 000 ochko olgan. Shuning uchun ham, mazkur modellar rasman taqdim etilib, foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu’da sinab ko‘rilganidan keyingina haqiqiy mutlaq rekordchi aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Mi 9 hamda Mi 9 Explorer Edition flagmanlarining namoyish 20 fevralga belgilangan, ammo shundan keyinoq Xiaomi yana bitta smartfon namoyish qiladi! Mazkur kompaniyaning so‘nggi taqdim etgan Redmi Note 7 modelini hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Jahon bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!