Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

Modomiki kompaniya bu modelini Android Q talqinigacha yangilayotgan ekan, shunday xulosa qilish mumkin: mazkur apdeyt «xitoycha Apple»ning uncha qimmat bo‘lmagan boshqa smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Xiaomi yana ikkita hamyonbop smartfoniga barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

Ularda yangi dasturiy ta’minotning asosiy afzalliklari tatbiq etilgan. Jumladan, bu smartfonlar egalari Android Pie dizaynida yangilangan interfeys hamda «sun’iy ong» imkoniyatlaridan foydalana oladilar.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

Bu smartfonlar egalari MIUI 10 afzalliklaridan bahra olishadi: Android Pie dizaynida yangilangan interfeys, smartfonni boshqarish uchun ekranda qo‘l ishoralaridan foydalanish, tizimning yangi tovushlari kabi.

Android 10 tizimida smartfoningiz ajoyib xususiyatga ega bo‘ladi!

Multi-resume funksiyasini keyinroq Android 9 Pie talqiniga ham qo‘shishlari aytilmoqda.

Samsung Galaxy S8/S8+ hamda Note 8 egalariga ajoyib xushxabar bor!

SDC anjumanida Samsung One UI dasturiy ta’minoti o‘tgan yilgi flagmanlar va boshqa modellarga taqdim etilmasligi ta’kidlandi. Biroq endi kompaniya vakillari ushbu ma’lumotni inkor etishdi.

Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

Xiaomi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivka tarqatilishining ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi. U dastlab joriy yilning sentyabrida ayrim modellardagi telefonlar uchun chiqqandi.

Android 9 o‘ta «ochofat» chiqdi, bu muammoni qanday hal etamiz?

Google kompaniyasi Android 9.0 talqinida akkumulyator sarfini kamaytiruvchi Adaptive Battery funksiyasini joriy etgan. Ammo aksincha – ushbu versiya avvalgisidan ham ko‘proq quvvat xarjlaydigan bo‘lib qolgan.

Apple yana uchta modeldagi ayfonini ataylab sekinlashtira boshladi

Apple kuni kecha taqdim etilgan iOS 12.1 operatsion tizimi bilan bulturgi iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X smartfonlarning ham ishlashini sekinlashtira boshlagan.

Yana bir Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10 bilan yuz skaneriga ega bo‘ldi!

Xiaomi kompaniyasi ushbu smartfoni yaqinda taqdim etilgan OnePlus 6T flagmanidan aslo qolishmasligini, tag‘in arzon turishini e’lon qilgan edi.

Apple yangilangan MacBook Air, Mac mini, iPad Pro va iOS 12.1’ni taqdim etdi (+videolar)

30 oktyabrdagi Apple taqdimotida MacBook Air noutbuki, Mac mini stol kompyuteri, ikkita modeldagi iPad Pro planshetlari hamda iOS 12.1 operatsion tizim talqinini rasman namoyish etildi.

Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali

Xiaomi forumida mazkur kompaniyaning smartfonlariga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasining tarqatilish vaqtlari haqida ma’lumot e’lon qilindi. Marhamat, shu ro‘yxat bilan tanishib chiqing.

Google tez orada Android’dan voz kechishi mumkin

Google reklama bo‘limining bir xodimi ta’kidlashicha, Android brendi kam samara bergan. Insayderlarga ko‘ra, kompaniya Android brendini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotir.

Noyabrning oxirigacha beshta Nokia smartfoni Android 9 Pie’gacha yangilanadi

Nokia o‘z smartfonlarini hech bir grafik qobiqsiz, «toza» Android bilan chiqarayotgani bois ular operatsion tizimning yangi talqinlarini boshqa kompaniyalar mahsulotlaridan oldin, birinchilar qatorida oladi.

RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

Xiaomi kompaniyasi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 talqinidagi barqaror global proshivkalarning tarqatilish muddatlarini o‘z rasmiy sayti orqali ma’lum qildi. Marhamat, batafsil ro‘yxat bilan tanishing!

Xiaomi smartfonlaridan to‘qqiztasiga barqaror global MIUI 10 chiqdi

Xabarlarga ko‘ra, apdeyt tarqatilishining keyingi to‘lqinida Mi 6X, Mi 8 SE, Redmi 5, Redmi 5 Plus, Redmi 6, Redmi 6A, va Mi MIX 2S modellari uchun ham barqaror global MIUI 10 proshivkasi taqdim etiladi.

iOS 12.1 «sotib qo‘ydi»: Face ID funksiyali iPad Pro shu kuzda chiqadi!

2018 yilgi Apple iPad Pro ekran o‘lchamiga ko‘ra ikki xil – 11 va 12,9 dyuymlik bo‘ladi. Ular xuddi iPhone X singari romsiz hamda Touch ID – barmoq izi skanerisiz, ammo Face ID bilan ta’minlanadi.

iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

iOS 12 dunyo bo‘ylab asta-sekin tarqatilyapti, lekin kutishni istamagan foydalanuvchilar uchun har bir modelga mos proshivkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish havolalarini taqdim etmoqdamiz.

Barqaror global MIUI 10 birinchi bo‘lib Xiaomi’ning arzon smartfoniga tarqatilmoqda

MIUI 10 talqini ushbu smartfonga bir qator yangi imkoniyatlar baxsh etgan: endi uni ham ekrandagi qo‘l ishoralari orqali boshqarish mumkin, kamerasiga «sun’iy idrok» funksiyalari tatbiq etilgan va hokazo.

Afsonaning nihoyasi: Besh yildan keyin Android’dan voz kechiladi

Android operatsion tizimi yaqin yillarda o‘rnini boshqa, yanada zamonaviy izdoshiga bo‘shatib beradi, degan gap so‘zlar tarqalganiga ham ikki oycha bo‘lib qoldi.

Ikkita modeldagi Xiaomi smartfoni uchun barqaror MIUI 10 chiqdi

MIUI 10 grafik qobig‘i Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqiniga asoslangan. U «sun’iy ong»dan foydalangan holda smartfonga qo‘shimcha funksiyalar baxsh etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш