TO‘LIQ JADVAL: Qaysi smartfonlar Android 9 Pie’gacha qachon yangilanadi?

Barcha kompaniyalarning turli smartfonlari uchun Android 9 Pie’ga asoslangan proshivka chiqishining to‘liq jadvali! Mazkur ro‘yxatga kirmagan rusumlardagi smartfonlar bu talqingacha yangilanmaydi.

Istalgan smartfonda Android 9.0 Pie’ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!

Eng so‘nggi talqindagi proshivkaga ega bo‘lmagan «yashil robotchali» telefonlar egalari uchun ham Android 9.0 Pie’ni sinab ko‘rish yo‘li topildi!

Microsoft qaror qiladi: Windows 8 uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

Microsoft asta sekin Windows operatsion tizimining eski versiyasidan Windows 10 foydasiga voz kechmoqda.

Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

Dasturchilar jiddiy bir masalani ma’lum qilishdi: MIUI 10 bazasidagi proshivka o‘rnatilgan aksariyat Xiaomi smartfonlarida qat’iy cheklov bor ekan. Xiaomi yaqin orada boshqa qurilmalariga uni joriy etmoqchi.

Atigi 30 dollarlik smartfonlarda ham ishlaydigan operatsion tizim taqdim etildi!

Android Go tizimli smartfonlarni allaqachon yuzdan oshiq kompaniyalar ishlab chiqargan va ular 120 dan ortiq mamlakatlarda sotilmoqda. Bunday smartfonlarning narxlari esa bor-yo‘g‘i 30 dollardan boshlanadi.

HTC ham Android 9 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

HTC kompaniyasi ham Android 9.0 Pie talqinidagi operatsion tizimigacha yangilanishi aniq bo‘lgan o‘z smartfonlarini ma’lum qildi. Ammo ularga yangi proshivka qachon joriy etilishini aytmagan.

Samsung’ning Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Android 9.0 Pie talqinidagi proshivkagacha Samsung’ning hozircha faqat o‘nta modeldagi qurilmalari yangilanadi.

Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Yana uchta kompaniya ayrim smartfonlarini Android 9.0 Pie’gacha yangilashlarini e’lon qila boshlashdi. Ular hatto ushbu proshivkalarning tegishli rusumlardagi devayslarga tarqatilish muddatlarini ham aytishgan.

Samsung planshet va smartfonlarining 2019 yilda Android 8 Oreo’gacha yangilanish jadvali

Mazkur ro‘yxatga jami o‘n ikkita qurilma kiritilgan bo‘lib, shulardan ayrimlari 2016 yilgi modellardir.

Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

Android 9 Pie versiyasigacha yangilangan smartfonni Android’ning oldingi talqinlariga, hatto boshlang‘ich sozlamalaridagi Android’ga ham qaytarish imkoni bo‘lmas ekan!

Nokia va Xiaomi’ning ikkita smartfoni allaqachon Android 9.0 Pie’gacha yangilandi. Navbatda qaysilari?

Ikkita smartfonsoz bittadan modellarini yangilashdi, buyog‘iga qaysi telefonlar birinchilar qatorida Android 9.0 Pie talqinigacha yangilanadi?

iOS 12 beta 6 chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing va sinab ko‘ring!

Apple korporatsiyasi iOS 12 operatsion tizim talqinining sinov jarayonlari ham yakuniga yetay deb qolgan. Kuni kecha kompaniya sinovchilar uchun bu tizimining oltinchi beta-versiyasini taqdim etdi.

Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Google kompaniyasi Android 9.0 Pie operatsion tizim talqinini taqdim etgan kunning ertasiga – 7 avgustdayoq HMD Global o‘z mijozlari uchun quvonchli bayonot bilan chiqish qildi.

Xiaomi smartfonlaridan yana 11 modeliga MIUI 10 proshivkasi chiqdi

MIUI 10 proshivkasi hozirgacha Xiaomi’ning jami 40 modeldagi mobil qurilmalariga tarqatildi. Ular orasida 20 xildagi Mi turkumiga, yana shuncha modeldagi Redmi turkumiga oid smartfonlar mavjud.

Qaysi Xiaomi smartfoni birinchi bo‘lib Android P’gacha yangilanadi?

Mazkur savolga korporatsiyaning MIUI grafik qobig‘i dasturchilar jamoasi javob bergan. Qizig‘i – Android P yangilanishi birinchi bo‘lib qabul qiluvchi smartfon Xiaomi’ning so‘nggi flagmanlaridan biri emas!

«Pistali muzqaymoq»: yakuniy Android P taqdimot kuni ham ma’lum!

Mashhur insayder Evan Blass o‘zining Twitter-sahifasida avgust oyi kalendari aks ettirilgan suratni e’lon qilgan – undagi shu sanaga lotincha «P» belgisi tushirilgan.

Xiaomi smartfonlariga MIUI 10 global proshivkasi 8.7.19 beta-versiyasida taqdim etilgan o‘zgarishlar (+video)

MIUI 10 — 8.7.19 talqinidagi beta-versiyada ushbu Xiaomi smartfonlari sohiblariga qanday yangi imkoniyatlar taqdim etilgani, qanday o‘zgarishlar amalga oshirilganini bilib oling!

To‘qqizta Xiaomi smartfoniga dushanba kuniyoq MIUI 10 taqdim etiladi, ammo bittagina «lekin»i bor...

Xitoylik proshivka ishlab chiquvchilar MIUI 10 proshivkasining ko‘plab unsurlari hamda interfeysini shunday yangilashganki, tashqi ko‘rinishidan ular Android P talqiniga o‘xshaydi.

Maxfiy sozlama orqali har qanday Android-smartfonni «uchib» ishlashga majbur qilamiz!

Bunda smartfon tezlashishidan tashqari, protsessorga va o‘z-o‘zidan – batareyaga ham tushadigan yuk kamayadi. Natijada smartfoningizning avtonomligi – quvvati uzoqqa yetishi ham 10 foizgacha oshadi.

Android P haqida yangi ma’lumot: hayratda qolishingiz turgan gap

Huawei kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasi qanday bo‘lishi haqida ma’lum qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш