Ikkita ommabop Redmi smartfoniga MIUI 12.5 Enhanced proshivkasi kelishni boshladi

Xiaomi kompaniyasi avvalroq MIUI 12.5 Enhanced proshivkasining birinchi to‘lqinini flagman smartfonlarga jo‘natgan edi. Endi esa kompaniya yangi proshivkaning ikkinchi to‘lqinini boshqa smartfonlarga ham jo‘natishni boshladi.

Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Antutu servisidan farqli tarzda, Master Lu aynan noyabrda namoyish etilgan smartfonlarning ikkita parametr bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Qizig‘i – har ikkala ro‘yxatda uchinchi o‘rinni hamyonbop model olgan!

Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

Xiaomi yangi modellarini 1 dekabrdan ochiq savdoga chiqaradi, hozir esa ular uchun oldindan buyurtma olyapti.

Xiaomi uchta yangi Redmi Note 9 smartfonini taqdim qildi

Smartfonlar juda arzon narxda, biroq oldingi modellarga qaraganda texnik jihatdan ancha takomillashgan.

Ilk «jonli» rasmlar Redmi Note 9 turkumidagi arzon 5G-smartfonlarning asosiy jihatlarini fosh etdi!

Insayderlar tarqatgan birinchi «jonli» rasmlarga qarab, Xiaomi mazkur modellarining oldin aynan Redmi turkumida umuman uchramagan jihatlariga urg‘u berayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.

Redmi Note 9 5G taqdimoti taklifnomasiga haqiqiy qilich ham qo‘shib berishyapti!

«Uch mushketyorga uchta qilich» degan gap shunchaki majoziy ma’nodagi o‘xshatish emas ekan – kompaniya mazkur tadbir taklifnomasiga haqiqiy shamshir ham qo‘shib yuboribdi!

«Uch mushketyorga uchta qilich»: Redmi yangi 5G-smartfonlar taqdimotini rasman e’lon qildi!

Bulardan ikkitasi – Redmi Note 9 5G hamda Note 9 Pro 5G modellaridir. Ular bilan birga yana bitta – 4G-model ham namoyish etilishi aytilayotgan edi; rasmiy e’longa ko‘ra esa u ham 5G tarmog‘ida ishlaydi.

Redmi yangi 5G-smartfonlarining taqdimot kuni va narxlari ma’lum bo‘ldi!

So‘nggi paytlarda tarqalayotgan mish-mishlarga qaraganda, 150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro bilan birga ushbu turkumda yana bitta arzon – 4G-model ham namoyish etiladi.

150 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Redmi Note 9 va Note 9 Pro: aniq taqdimot kuni, narx va xususiyatlari

TENAA sayti 5G-versiyali Redmi Note 9 modellarining asosiy texnik xususiyatlarini oshkor etgan edi. Mobile China nashri esa Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi orqali ularning narxlarini ham e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш