Xiaomi yangi arzon flagmanida 15 km.dan suratga olib ko‘rsatdi! (ikkita «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  6510
  •  24.04.2020 11:55

Xiaomi yangi arzon flagmanida 15 km.dan suratga olib ko‘rsatdi! (ikkita «jonli» video)

«Xitoycha Apple» yaqin orada Mi 10 Youth Edition rusumli smartfonini namoyish qiladi. Bu qurilma Xiaomi Mi 10 Lite modelining xitoycha versiyasi bo‘lishi aytilgandi, lekin so‘nggi xabarlarga ko‘ra, u mutlaqo boshqa model ekan!

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Lite – kvadrokamerali hamyonbop 5G-flagman namoyish etildi!

Mi 10 Youth Edition smartfonining asosiy afzalliklaridan biri – uning to‘rt modulli kamerasi naq 50 karralik zum bilan suratga ola bilishidir. Xiaomi bu gaplarning shunchaki marketing yurishi emasligini isbotlash uchun shunday s’yomka jarayonini «jonli» videoda ko‘rsatib berdi:

Yuqoridagi rolikda ta’kidlanishicha, Xiaomi shtab-kvartirasidan turib suratga olingan, 50 karralik yaqinlashtiruv opsiyasida ko‘rsatilgan – ufq chegarasidagi bino esa undan naq 15 kilometrlik uzoqlikda joylashgan!

O‘QING: Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!

Kompaniya vitse-prezidenti Chang Cheng (Chang Cheng) kuni kecha Xiaomi Mi 10 Youth Edition kamerasi yetakchi flagmanlarnikidan ham zo‘r ekanligini aytgan. Uning kvadrokamerasidagi modullardan birida to‘laqonli periskop tizimi qo‘llangan; bunaqasi hozirgacha faqat flagman kamerofonlarda uchraydi. Keng burchakli ikkinchi sensor 120 darajali ko‘rish burchagiga ega bo‘lsa, makrokamera ob’yektdan atigi 2 santimetrlik masofadan ham fokus ola biladi.

Quyida esa yana bitta shunaqa test videosini ko‘ramiz:

Xiaomi Mi 10 Youth Edition smartfoni kelasi haftada, MIUI 12 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etiladi.

O‘QING: MIUI 12 taqdimot kuniyoq tarqatila boshlaydi: dastlab yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati chiqdi!