Koronavirusning «yondosh ta’siri» chiqdi, lekin buning davosini biz bilamiz!

  •   DiMaX
  •  911
  •  13.04.2020 15:38

Koronavirusning «yondosh ta’siri» chiqdi, lekin buning davosini biz bilamiz!

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar o‘z-o‘zini izolyasiyalash sharoitida o‘tirishibdi. Odamlarning uydan biror zaruratsiz chiqmasliklari uchun turli onlayn servislar rivojlantirildi, o‘yinlar vaqtincha yoki butunlay bepul qilindi...

O‘QING: Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta’lim oling!

Biroq mazkur jarayonlar fonida odamlarda gadjetlarga bog‘lanib qolish, o‘yinlarga mukkasidan ketish, ijtimoiy tarmoqlarga tobelik kabi holatlar oshib ketyapti. App Annie tahlil kompaniyasi bu borada e’lon qilgan ma’lumotlar chindan ham kishini cho‘chitadigan raqamlarni aks ettiradi.

App Annie turli mamlakatlar aholisi mobil telefonlarga tikilib o‘tkazayotgan vaqtlar juda oshib ketganidan xavotirda. Epidemiya va cheklovlarga boshqalardan avval duch kelgan xitoyliklar oldingiga nisbatan 30 foizga ko‘p – kuniga 5 soat vaqtini smartfonga termilib o‘tkazishgan.

Butun dunyo bo‘yicha esa, faqat birinchi chorak natijalarini 20 foizga oshgan. Mazkur statistikada Android-smartfonlarga o‘rnatilgan ilovalar va o‘yinlar ma’lumotlari hisobga olingan.

O‘QING: Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Tadqiqotga ko‘ra, smartfonlarga bog‘lanib qolish eng ko‘p Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va AQSh aholisida kuzatilmoqda. Italiyada mart oyining o‘zidayoq smartfonga tobelik 30 foizga oshgan. Qolgan mamlakatlar esa avjiga endi chiqyapti – bu ko‘rsatkich Fransiyada 15%, Germaniya va AQShda esa 10%.

App Annie hisobotida aytilishicha, yilning ilk choragida foydalanuvchilar iOS hamda Android tizimli qurilmalariga 31 milliarddan oshiq ilova yuklab olishgan va ularga 23,3 milliard dollar sarflashgan! Google Play katalogidan 8,3 milliard dollarlik 22,5 dastur yuklab olingan bo‘lsa, App Store do‘konidan 15 milliard dollarlik 9 milliard ilova ko‘chirilgan.

Tahlilchilar fikricha, odamlarning telefonga sarflaydigan vaqtlari yaqin orada faqat oshib boradi. Terabayt.uz esa tobelikdan qutulish borasida bir nechta yo‘riqnoma e’lon qilgan. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlardan qutulish yo‘llari, tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat, smartfonga tobelikdan qutulish usullari, internetga bog‘lanib qolishning o‘nta belgisi, smartfon foydalanuvchisi uchun muhim 10 qoida haqidagi maqolalarimiz bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Bolangiz smartfondan bosh ko‘tarmayaptimi? Ayb sizning daromadingizda!