Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

  •   DiMaX
  •  797
  •  11.04.2020 15:38

Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

Hamyonbop va sifatli smartfonlari bilan Xiaomi’ning asosiy raqiblaridan hisoblangan Meizu kompaniyasi yaqin orada yangi flagmanlar oilasini taqdim etadi. Unga standart Meizu 17 (yoki Meizu 17th) hamda Meizu 17 Plus (yoki Meizu 17th Plus) modellari kiradi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Kuni kecha AnTuTu benchmarkida kompaniyaning kodli nomi M2081 bo‘lgan qurilmasi testdan o‘tkazib ko‘rilgan. Aftidan, bu bazaviy Meizu 17 smartfoni bo‘lsa kerak.

Imtihonda bu flagman 580 581 ball to‘plagan; bu esa AnTuTu servisining 2020 yil mart oyidagi eng qudratli flagmanlar reytingida raqib kompaniyaning Xiaomi Mi 10 va Xiaomi Black Shark 3 flagmanlari ko‘rsatganidan yuqori natija! Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘ntalik yetakchisi – Oppo Find X2 Pro flagmani 606 389 ball olgan. Ammo eng kuchli smartfonlarni aniqlagan AnTuTu global reytingiga Xitoy bozoridagi eng kuchli o‘nta flagmandan birortasi ham kirmagan.

Aftidan benchmarkda Meizu 17 flagmanining muhandislik prototipi tekshirilgan bo‘lsa kerak, rasmiy taqdimotdan so‘ng uning natijasi yanada yuqori bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, ushbu smartfon 5G-modemni o‘z ichiga oluvchi Snapdragon 865 protsessoriga, kadr yangilanishi 90 gerslik OLED-displeyga ega. Uni eng so‘nggi va samarador – LPDDR5 turidagi tezkor va UFS 3.0 toifali ichki xotira chiplari bilan ta’minlashyapti. Smartfon jamlanmasida yana Wi-Fi 6 interfeysi, NFC-modul, displeyga o‘yilgan old kamera hamda to‘rt (yoki hatto besh) datchikli asosiy kamera mavjud

Darvoqe, uning «og‘a»si – Meizu 17 Plus boshqa bir jihatdan eng kuchli rekord o‘rnatganki, bunaqasi hali yetakchi kompaniyalarning tushiga ham kirmagan...

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!