O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  4514
  •  07.03.2020 13:03

O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

 AnTuTu benchmarkiga ko‘ra fevral oyining eng qudratli o‘nta smartfoni ro‘yxatini yaqinda e’lon qilgandik. Master Lu taqdim etgan o‘n to‘rttalik reyting esa undan jiddiy farq qiladi.

O‘QING: «JONLI» TEST VIDEOSI: iPhone 11 Pro Max kuchlimi, yoki uning yarim narxidagi Xiaomi Mi 10 Pro?

Endi esa AnTuTu benchmarki vakillari yana bitta reyting e’lon qilishdi va bunisi – fevral oyida foydalanuvchilarning eng ko‘p ijobiy taqrizlariga sazovor bo‘lgan smartfonlardir. Uning yetakchisi Huawei Mate 30 5G bo‘ldi – mazkur flagman egalarining 97,35% qismi o‘z smartfonidan rozi. Ikkinchi o‘rinni esa 96,29% ijobiy taqriz bilan Samsung Galaxy Note 10+ 5G egallagan. Kuchli uchlikni 95,96 foizlik ijobiy baholangan Vivo NEX 3 5G yakunlab bergan.

Mana, o‘z egalarini rozi qila olgan o‘nta smartfonning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, kuchli uchlikdan keyingi o‘rinlarni Xiaomi Mi 10 Pro, Meizu 16th, Meizu 16th Plus, Meizu 16s Pro, OnePlus 7 Pro, Samsung Galaxy S10+ hamda Vivo iQOO Pro 5G egallagan.

Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilar bergan bahosiga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatida eng ko‘p modellar Meizu kompaniyasiga tegishli. Holbuki, mazkur ishlab chiqaruvchi yetakchi yoki o‘ta mashhur smartfonsozlar qatoriga kirmaydi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (9-hafta)