«Simlarni kesib tashlang!» – 16 martda Xiaomi qanaqa yangi gadjet taqdim etyapti?

  •   DiMaX
  •  1682
  •  14.03.2020 11:10

«Simlarni kesib tashlang!» – 16 martda Xiaomi qanaqa yangi gadjet taqdim etyapti?

Kuni kecha Xiaomi korporatsiyasi o‘zining Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan edi. Bundan tashqari, kompaniya uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Tinib-tinchimagan bu kompaniya kelayotgan dushanba – 16 mart kuniyoq yana bitta devaysining taqdimotini o‘tkazmoqchi. Bu xususda korporatsiya vitse-prezidenti hamda Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) o‘zining Twitter-akkaunti orqali e’lon qilgan.

Qizig‘i shundaki, mazkur tizerda kompaniya o‘z muxlislariga «Kabellarni kesib tashlang!» deya xitob qilmoqda:

Manu Kumar Jeyn bu tvitida shunday deyapti:

«Xiaomi ixlosmandlari, simlardan voz kechish (ularni qirqib tashlash) hamda o‘z turmushingizni osonlashtirish vaqti keldi. Xiaomi’ning ajoyib yangi mahsuloti 16 martda namoyish etiladi. Men aql bovar qilmas darajada hayajondaman. Taxminlar bormi?»

Tizerdagi qisqa lavha markazida aks etgan belgiga ko‘ra, kompaniyaning yangi devaysi – simsiz quvvatlash stansiyasi bo‘lishi ehtimoli eng yuqori. Lekin shunisi ham borki, juda kam sonli Xiaomi smartfonlari simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega; vitse-prezident esa kompaniyaning barcha mahsulotlari ishqibozlariga murojaat etgan. Shu bois, yana bir taxminga ko‘ra, 16 mart kuni «xitoycha Apple» yangi simsiz quloqchin namoyish etsa ham ajabmas.

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!