Sotuvga chiqqaniga bir oy ham to‘lmasidan, Tesla Model S Plaid g‘alati holatda yonib ketdi

  •   DiMaX
  •  659
  •  01.07.2021 17:39

Sotuvga chiqqaniga bir oy ham to‘lmasidan, Tesla Model S Plaid g‘alati holatda yonib ketdi

Ilon Mask kompaniyasi iyun oyida o‘zining elektrik superkari – Tesla Model S Plaid modelini sotuvga chiqargan edi. Bu – dunyodagi barcha seriyali ravishda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida eng tezkor (videosi) mashinadir.

O‘QING: «Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Hali sotila boshlaganiga bir oy ham to‘lmay turib, Tesla Model S Plaid elektrokaridan bittasi yonib ketishga ham ulgurdi. Mazkur voqea Filadelfiyada, tag‘in g‘alati vaziyatda sodir bo‘ldi.

Odatda elektromobillar kuchli to‘qnashuv oqibatida yoki quvvatlash jarayonida yonib ketar edi. Filadelfiyadagi holatda esa na unisi, na bunisi bo‘lmagan. Qutqaruv xizmatiga xabar bergan kishining ta’kidlashicha, yonayotgan mashina shunchaki ko‘chada yurib ketayotgan ekan.

Elektrokar yonib ketishining rasmiy sababi e’lon qilinmagan, bu xabar tarqalgan payti hatto uning egasi ham topilmagan edi. Elektromobillar yonishi bilan bog‘liq deyarli barcha holatlarda bo‘lgani singari, Tesla mahsulotidan asar ham qolmagan.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.