Android-smartfonlar uchun ham Clubhouse paydo bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  813
  •  25.02.2021 11:06

Android-smartfonlar uchun ham Clubhouse paydo bo‘ldi!

Yaqinda Ilon Mask o‘zining Twitter tarmog‘idagi akkauntida Vladimir Putinga murojaat etib, yangiClubhouse ijtimoiy tarmog‘ida muloqotga chaqirgan edi. Keyin esa biz mazkur tarmoq haqidagi batafsil maqolani e’lon qilganmiz.

O‘QING: RASMIY BAYoNOT: Telegram asoschisi Clubhouse’da bormi?

Xabaringiz borki, ushbu ijtimoiy tarmoqning faqat iOS uchungina rasmiy kliyenti chiqqan. Sankt-Peterburglik dasturchi Grigoriy Klyushnikov esa Android tizimli qurilmalar uchun Clubhouse’ning norasmiy talqinini yaratdi. O‘zining aytishicha, ishlab chiquvchiga buning uchun bir kungina kifoya bo‘lgan:

Android-devayslarga mo‘ljallangan norasmiy Clubhouse ilovasida ushbu ijtimoiy tarmoqning barcha asosiy funksiyalari mavjud. Lekin unda bildirishnomalar, shuningdek xonalarni yaratish va moderatorlik qilish funksiyalari hozircha yo‘q.

Yangi trendga qo‘shilib, Android tizimli gadjetingizda Clubhouse’ni sinab ko‘rishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali uning APK-faylini yuklab olib o‘rnatasiz.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.