Apple iPhone 7 boshqa flagmanlarga qaraganda ancha sekin zaryadlanadi

Apple iPhone 7 boshqa flagmanlarga qaraganda ancha sekin zaryadlanadi

Shubhasiz, bugungi kunda smartfon sanoatida bir vaqtning o‘zida ham yirik sig‘imli, ham ixcham akkumulyatorlarni ishlab chiqish muhandislar oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylangan. Garchi hozirda yuqorida aytib o‘tilgan yechimdagi batareyalar hali mavjud bo‘lmasa-da, quvvatni turli usullarda tejaydigan va bir qator standartlar yordamida tezkorlik bilan zaryadlanadigan akkumulyatorlar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, Android platformasida ishlaydigan ko‘plab qurilmalarda turli tezkor zaryadlash standartlari tatbiq etilgan.

Yaqinda AnandTech mutaxassislari tomonidan e’lon qilingan batareyaning zaryadlanish tezligi reytingi shuni ko‘rsatdiki, “olma”ning so‘nggi Apple iPhone 7 modeli batareyani quvvatlash tezligi bo‘yicha nafaqat boshqa firma flagmanlaridan, balki avvalgi iPhone’lardan ham qolishar ekan. Bu haqda Ubergizmo nashri xabar bergan.

AnandTech ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 7 Plus modelining akkumulyatori to‘liq zaryadlanishi uchun 3, 07 soat zarur bo‘larkan, iPhone 6S Plus’da esa bu ko‘rsatkich 2,8 soatni tashkil qilgan.

AnandTech reytingida  1,51 soat davomida to‘liq zaryadlanadigan Meizu PRO 6 birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Samsung Galaxy S7 band qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!